Nazorat savollari:
1. Bank ishi» fani nimani o‘rganadi?
2. «Bank ishi» fani qanday usullardan foydalanadi?
3. Bank deganda nimani tushunasiz? Nobank kredit tashkilotlari
haqida nimalarni bilasiz?
4. Banklarning rivojlanish tarixi haqida nimalarni bilasiz?
5. O‘zbekiston Respublikasida bank tizimi qanday tashkil
etilgan?
6. Bankning hozirgi zamon iqtisodiyotidagi roli qanday?
7. Bank qanday xizmatlar ko‘rsatadi?
8. Nima uchun banklar pul ishlaydi, qarz olish bilan birga qarz
ham beradi?
9. So‘nggi yillarda bank ishida qanday o‘zgarishlar sodir bo‘l-
moqda? Bank boshqaruvchilari o‘zlarini qanday tutishlari lozim?
10. Yangi
bank
ochish
uchun
nimalar
talab
qilinadi?
14
2-MAVZU. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANK TIZIMI VA
BOSHQA KREDIT MUASSASALARI
Banklar, bank tizimi va uning rivojlanish bosqichlari.
O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi iqtisodiy
mustaqillik sari qo‘yilgan ilk qadam bo‘ldi. Mustaqil yosh davlatimiz
siyosatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri bank tizimini isloh
qilishning dastlabki bosqichida 1991-yilda qabul qilingan «Banklar va
bank faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bozor
sharoitlariga mos banklar institutini vujudga keltirishning asosiy
yo‘nalishlarini belgilab berdi.
Mazkur qonunga muvofiq sobiq SSSR davlat bankining hududiy
bo‘-limi O‘zbekiston Respublikasining Markaziy bankiga aylantirildi
va u bevosita davlat boshchiligida bank tizimini isloh qilishni boshladi.
Juda qisqa muddat ichida respublikamizda ikki pog‘onali bank tizimi
vujudga keltirildi.
«O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshchiligidagi ikki
bosqichli bank tizimini tashkil qilish respublikaning iqtisodiy
mustaqillikka erishish hamda bozor munosabatlariga o‘tish eh-
tiyojlariga mos keladi», yaʼni ikki pog‘onali bank tizimining yuqori
pog‘onasining bosh maqsadi milliy valyuta – so‘mning barqarorligini
taʼminlashdan iborat bo‘lgan Markaziy bank, quyi pog‘onasini esa
bevosita mijozlar bilan ishlovchi tijorat banklari tashkil etadi.
1991-yilda qator banklar shakllana boshladi. Ular O‘zbekiston
iqtisodiyoti rivojlanishining o‘zgaruvchan sharoitlarida faoliyat
yuritib, zamonaviy ish uslublarini o‘zlashtirgan holda tobora yangi
qirralarga ega bo‘la bordi. 1991–1992-yillar banklar faoliyatiga doir
qarashlarda chinakam burilish yillari bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi
"Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunining qabul qilinishi
ikki darajali bank tizimining tarkib topishi va mamlakat Markaziy
banki zimmasiga yangi vazifalar yuklanishi uchun asos bo‘lib xizmat
qildi. Uning oldiga pul muomalasini tartibga solish, tijorat banklari
tizimi hamda to‘lov tizimini shakllantirish vazifalari qo‘yildi.
Iqtisodiyotning turli tarmoqlarini moliyalashtirish endi tashkil
etiladigan, zamonaviy tamoyil va talablar asosida faoliyat yurituvchi
ixtisoslashgan tijorat banklari tomonidan amalga oshirilishi lozim edi.
15
1993–1994-yillarda bank tizimidagi islohotlar davom etdi. 1994-
yilning 1-iyulidan eʼtiboran milliy valyuta – so‘mning muomalaga
kiritilgani mustaqil bank tizimining, umuman, O‘zbekiston iqtiso-
diyotining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etdi. Bu Markaziy
bank o‘z faoliyatida to‘liq mustaqil bo‘lganini, kelgusida bozor instru-
mentlari orqali milliy pul tizimini tartibga solish samarali tashkil etili-
shiga yordam berishi mumkin ekanini anglatar edi. Аynan shu vaqtdan
boshlab Markaziy bankning pul-kredit siyosatini yuritish, valyutaga
oid ishlarni tartibga solish, bank faoliyatini boshqarish va keyinchalik
samarali to‘lov tizimini yaratish bo‘yicha faoliyati to‘laqonli ravishda
milliy valyutaning barqarorligini taʼminlashga qaratildi.
Bank tizimiga taalluqli ikki asosiy hujjat – “O‘zbekiston
Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida”gi hamda “Banklar va
bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlarining
ishlab chiqilishida rivojlangan moliya tizimiga ega mamlakatlar tajri-
basi inobatga olinganini alohida taʼkidlash joiz. Mazkur qonunlar,
shuningdek, “Аksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini hi-
moya qilish to‘g‘risida”gi Qonun nodavlat banklarning xususiy va ak-
siyadorlik-tijorat shaklida tashkil etilishiga qulay huquqiy sharoit ya-
ratdi. Bu davrda bank tizimi rivojiga alohida taʼsir etgan ikki omilni aj-
ratib ko‘rsatish mumkin. Birinchisi, olib borilgan islohotlar natijasida
1996-yilda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki monetar boshqa-
ruv va bank nazoratining to‘la huquqli organi bo‘ldi. Ikkinchisi,
O‘zbekiston Respublikasi “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi
Qonuni ikkinchi darajali bank tizimi – tijorat banklari faoliyatining
huquqiy asosini aniq-puxta belgilab berdi. Unda bank aktivlarini
diversifikatsiyalash va xorijiy kapital jalb qilish asosida universal
tijorat banklarini shakllantirish prinsiplari mustahkamlangan.
Bu
davrda
iqtisodiyotning
alohida
tarmoqlariga
xizmat
ko‘rsatuvchi kredit-moliya tashkilotlari tashkil etildi. Bunday
ixtisoslashuv qishloq xo‘jaligi, avtomobil sanoati, aviasozlik kabi xalq
xo‘jaligining muayyan soha va tarmoqlarini moliyalashtirish zarurati
bilan bog‘liq edi. Kelgusida ixtisoslashgan banklar o‘z operatsiyalari
va mijozlari doirasini mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining yangi
darajasi va biznes-muhit talablariga ko‘ra kengaytira boradi.
Mazkur davrda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
bank sektorini boshqaruvchi va nazorat qiluvchi organ sifatida
16
shakllanish jarayonlari davom etdi. Bank tizimiga taalluqli qonunchilik
bazasi sifat jihatidan yangilanib, xalqaro bank amaliyoti bilan
muvofiqlashtirildi.
Ushbu yilda islohotlarning strategik yo‘nalishlaridan biri bank
sektorida xususiy kapital oqimini rag‘batlantirishdan iborat bo‘ldi.
Mazkur
jarayon
1997-yilda
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining “Xususiy tijorat banklarini tashkil qilishni rag‘bat-
lantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni eʼlon qilinganidan
so‘ng jadallashdi. Unda jismoniy shaxslarning 50 foizdan kam
bo‘lmagan ulushi bilan banklar ochish uchun imtiyozlar taqdim etish
ko‘zda tutilgan edi. 1997-yil bank tizimining rivojlanish tarixida bank
faoliyatida axborot tizimlarini joriy etish boshlangani bilan
ahamiyatlidir. Maʼlumki, o‘sha vaqtgacha respublika hududida
amaldagi barcha hisob-kitoblar kun bo‘yi olib borilar edi. 1997-yilning
mart oyidan yangi dasturiy taʼminot joriy etilib, barcha hisob-kitoblar
avtomatik rejimda amalga oshirila boshlandi. Bu esa to‘lovlarni
respublika tashqarisida 15 daqiqa mobaynida, Toshkentdan chekka
joylarda atigi 3 daqiqada amalga oshirish imkonini berdi.
Аynan o‘sha vaqtda hisob-kitoblar mexanizmi ishlab chiqildi va
banklararo elektron to‘lovlarning zamonaviy tizimi joriy etildi.
Banklarga o‘sha vaqtdagi noyob imkoniyat–kompyuter va telekommu-
nikatsiya uskunalarini xarid qilish va departamentlarni ular bilan
jihozlash imkoniyati berildi. Ular mablag‘larni o‘z faoliyati uchun
zarur uskuna-anjomlarni modernizatsiya qilishga yo‘naltirishi hisobga
olinib, qator soliq to‘lovlaridan ozod qilindi.
Shu tariqa, moliyaviy va iqtisodiy axborotning sifat jihatidan yangi
isteʼmolchilari – mahalliy va xorijiy investorlar paydo bo‘ldi.
Uzoq yillar davomida jamiyatning rivojlanishi va unga mos tovar-
pul munosabatlarining o‘sib, takomillashib borishi banklarning
operatsiyalari va ko‘rsatadigan xizmatlari ko‘lamining kengayib
borishiga, jamiyat a’zolarining pulga bo‘lgan talabining oshib
borishiga olib kelgan. Davlat, jismoniy va yuridik shaxslarning
manfaatini muvofiqlikda olib borish, davlat va jamiyat a’zolarining pul
mablag‘lariga bo‘lgan talablarini qondirgan holda davlatning iqtisodiy
jihatdan o‘sishi va barqarorligini ta’minlash maqsadida banklar
o‘rtasida bajariladigan funksiya va operatsiyalar ko‘lami taqsimlana
borgan, ya’ni davlat nomidan, davlat manfaatlarini himoya qilgan
17
holda faoliyat ko‘rsatuvchi banklar va alohida jamiyat a’zolari bilan
ishlovchi banklar yoki yuqoridagi ikki yo‘nalishni ham o‘zida
mujassamlashtirgan banklar (oxirigisiga sobiq Sovetlar davridagi
Davlat bankini kiritish mumkin) shakllana borgan.
Hozirgi zamonda jahonda umum qabul qilingan tizim bo‘lib ikki
pog‘onali bank tizimi xizmat qiladi va u davlat Markaziy banki va
tijorat banklari tarmog‘ini o‘z ichiga oladi.
Markaziy Bank banklarning banki sifatida bank va moliya
muassasalari
faoliyatining
barqarorligini
ta’minlaydi. Birinchi
navbatda, u ko‘pchilik moliya institutlari, banklarning faoliyatida
moliyaviy
jihatdan
muammolar
yuzaga
kelganida,
banklar
omonatchilar oldidagi o‘z majburiyatlarini bajara olmay qolgan holda
moliyaviy sarosima paydo bo‘lishining oldini olishi kerak. Bu
masalani hal qilish uchun Markaziy bank, avvalo, tartibga solish va
nazorat qilish funksiyalarini ikkinchi pog‘ona – tijorat banklari
tizimiga nisbatan bajaradi. Markaziy bank majburiyatiga tijorat
banklarining har kunlik faoliyatiga aralashish kirmaydi. Markaziy
bank tijorat banklarning me’yoriy boshqarilishi, ularning to‘lovga
qobiliyatliligi va likvidliligini ta’minlanishini kuzatib borishi va
omonatchilar manfaatlarini himoya qilishi kerak. Bularning barchasi
nazorat me’yorlari tizimi yordamida amalga oshirilib tijorat banklari
pog‘onasiga yetkaziladi.
Markaziy bank pul siyosatini o‘tkazish yo‘li bilan muomaladagi
pul massasi ustidan nazoratni amalga oshiradi va inflyasiya,
ishsizlikning past darajasini ta’minlash va iqtisodiy o‘sish uchun
shart-sharoitlar yaratishi kerak. Bunda Markaziy bank emission bank
vazifasini bajaradi, ya’ni muomalaga pul belgilarini chiqarish va ularni
muomaladan olish huquqiga ega bo‘ladi.
Markaziy bank yana tijorat banklari o‘rtasidagi hisob-kitoblarni
olib borishga imkoniyat yaratadi.
Bank tizimining ikkinchi pog‘onasi – bu xalq xo‘jaligi va aholiga
xizmat ko‘rsatishda bosh bo‘g‘in bo‘lgan mustaqil tijorat banklarning
tarmog‘idir. Ular yuridik va jismoniy shaxslarga shartnoma asosida
turli hisob-kitob va kredit operatsiyalarini amalga oshirish va xizmatlar
ko‘rsatish hamda boshqa turli bank xizmatlarini ko‘rsatish bilan
bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiradilar.
Mustaqillikka erishilgunga qadar O‘zbekiston bank muassasalari
18
sobiq Ittifoq bank tizimi tarkibiy qismiga kirar edi. Shu bilan birga, bu
banklar sobiq Ittifoq bank tizimi doirasidan tashqarida faoliyat ko‘rsata
olmasdilar. Bank tizimi 3 turdagi banklarni: SSSR Davlat banki, SSSR
qurilish banki va SSSR Tashqi savdo bankini va Davlat Mehnat
omonat- jamg‘arma kassalarini o‘z ichiga olardi. Sobiq Ittifoq bank
tizimida Davlat banki monopol mavqega ega bo‘lib, u bir vaqtning
o‘zida emissiya instituti, qisqa muddatli kreditlashtirish, xo‘jaliklarga
hisob-kitob operatsiyalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi markaz
hisoblanardi. Ham emissiya funksiyalarini, ham hisob-kitoblar va
kreditlar bo‘yicha mijozlarga xizmat ko‘rsatish funksiyalarini bajarishga
monopollashuvi Davlat bankini davlat boshqaruv va nazorat organiga
aylantirgan edi.
Iqtisodiyotni boshqarishning
markazlashtirilgan
usulidan
voz
kechish va bozor iqtisodiyoti tomon dastlabki qadamlar qo‘yilishi
bilanoq markazlashtirilgan bank tizimining qator kamchiliklari ro‘yobga
chiqdi. Bu esa, bank tizimida tub o‘zgarishlarni amalga oshirishni talab
etardi
.
Qayta tashkil etish jarayonining birinchi bosqichi davlat bankining
yangi tuzilmasini tashkil etish bilan boshlandi. Qayta tashkil etish
modeli quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- ikki bosqichli bank tizimini vujudga keltirish: Markaziy emission
bank va bevosita xo‘jaliklarga xizmat ko‘rsatuvchi ixtisoslashgan davlat
banklari;
-
ixtisoslashtirilgan banklarni to‘laligicha xo‘jalik hisobiga va o‘z-
o‘zini moliyalashga o‘tkazish;
-
iqtisodiy tizim doirasida yuridik va jismoniy shaxslar bilan bo‘la-
digan kredit munosabatlari, uslublari va shakllarini takomillashtirish va
boshqalar.
Bank tizimini takomillashtirish jarayoni davomida davlat banki
o‘zining kredit tizimidagi markaziy o‘rnini saqlab qolgan holda
korxona va tashkilotlarga kredit berish va ular bilan hisob-kitoblarni
olib borish funksiyasini maxsus ixtisoslashgan banklarga topshirdi. Ya’ni
bankning emission faoliyatini kreditlash faoliyati bilan birga olib borish
funksiyasiga chek qo‘yiladi. Davlat banki ixtisoslashgan banklar
faoliyatini boshqaruvchi, barcha banklar uchun bir xil pul-kredit
siyosatini olib boruvchi muassasaga aylandi. Bank tizimining
takomillashtirilishi natijasida vujudga kelgan maxsus ixtisoslashgan
19
banklar: Sanoat qurilish banki, Kommunal qurilish va Sotsial
taraqqiyot banki, Agrosanoat banki, Tashqi iqtisodiy faoliyat banki,
Jamg‘arma banki tashkil qilinib xo‘jaliklar bilan banklar o‘rtasidagi
aloqalar tobora yaqinlashdi, Ixtisoslashtirilgan davlat banklari o‘zlarida
ma’lum darajada boshqaruvchilik rolini saqlab qoldilar. Bank tizimini
takomillashtirish jarayonida juda muhim natijalarga erishildi, lekin tashkil
qilingan banklar iqtisodiy munosabatlarning xususiyatlarini to‘liq ifoda
qilolmasdi, shuning uchun ham bank tizimini yanada takomillashtirish
obyektiv zaruriyatga aylandi.
1988-yildan boshlab, ikki bosqichli bank tizimi tashkil etila
boshlandi. Lekin bu davrda, markazlashtirilgan rejalashda Markaziy
bankning roli hali ham yuqori,sohalarning deyarli hamma qismi davlat
tasarrufida edi.
O‘zbekiston Respublikasida ikki bosqichli bank tizimini tashkil etishga
real asos 1991-yil 15-fevralda “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi
Qonuni asosida yuzaga keldi. Bu qonunga asosan davlat boshqaruv
organlari respublika Markaziy banki faoliyatiga aralashmasliklari
kerak edi. U faqat Respublika Oliy majlisiga hisobot beradi. Bu
qonunni amalga tadbiq etish, asosan, Respublikamiz mustaqillikni
qo‘lga kiritgandan so‘ng boshlandi.
O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga o‘tishning bosqichma-bosqich yo‘lini
tanlaganligi bois, 1996-yilda Respublika Prezidentining «Bank auditi
tizimini
rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi
Farmoniga asosan bank tizimida buxgalteriya hisobining xalqaro
andozalarini joriy qilish jarayoni yanada takomillashtirildi va
jahonning nufuzli auditorlik kompaniyalaridan «Artur Andersen»,
«Deloyt end tush», «Key Pi Em Ji- (KRMG)», «Ernest end Yang»,
«Kupers end Laybrand» kabilar yetakchi tijorat banklari faoliyatini
audit qilishga taklif qilindi. Bank tizimini rivojlantirishning yana bir
xususiyatli tomoni shundaki, bank tizimining huquqiy asoslarini
mustahkamlash va zamon talablariga moslashtirish maqsadida
«O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi va
«Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunlarning yangi
loyihasi ishlab chiqildi.
1995-yil 21-dekabrda bank faoliyatining huquqiy va me’yoriy
tartibga solish qoidalarini belgilovchi «O‘zbekiston Respublikasining
Markaziy banki to‘g‘risida» va 1996-yil 25-aprelda «Banklar va bank
20
faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunlarning qabul qilinishi bank tizimini
jahon andozalariga yaqinlashtirish sohasida mustahkam qonuniy
poydevor yaratdi.
Bank tizimini shakllantirishning
Dostları ilə paylaş: |