O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 17,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/106
tarix14.12.2023
ölçüsü17,62 Mb.
#177616
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Yodda tuting
!
“O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘la huquqli 
sub’yektidir. Uning tashqi siyosati davlatlarning suveren tengligi, kuch 
ishlatmaslik yoki kuch bilan tahdid qilmaslik, chegaralarning daxlsizligi, 
nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish, boshqa davlatlarning ichki ishlariga 
aralashmaslik va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan boshqa qoidalari 
va normalariga asoslanadi”. 
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.17-modda
.


113
blokka aylangan taqdirda, ulardan chiqish huquqini o‘zida saqlab qolishi 
ta’kidlandi.
Tashqi siyosat tamoyillari. 
O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining 
asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat: mafkuraviy qarashlardan qat’i 
nazar hamkorlik uchun ochiqlik, umuminsoniy qadriyatlarga, tinchlik 
va xavfsizlikni saqlashga sodiqlik; davlatlarning suveren tengligi va 
chegaralar daxlsizligini hurmat qilish; boshqa davlatlarning ichki ishlariga 
aralashmaslik; nizolarni tinch yo‘l bilan hal etish; kuch ishlatmaslik va kuch 
bilan tahdid qilmaslik; inson huquqlari va erkinliklarini hurmatlash; ichki 
milliy qonunlar va huquqiy normalardan xalqaro huquqning umume’tirof 
etilgan qoidalari va normalarining ustuvorligi; davlatning, xalqning oliy 
manfaatlari, farovonligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ittifoqlar 
tuzish, hamdo‘stliklarga kirish va ulardan ajralib chiqish; tajovuzkor 
harbiy bloklar va uyushmalarga kirmaslik; davlatlararo aloqalarda teng 
huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlik, davlat milliy manfaatlarining ustunligi; 
tashqi aloqalarni ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama kelishuvlar 
asosida rivojlantirish, bir davlat bilan yaqinlashish hisobiga boshqasidan 
uzoqlashmaslik kabilar ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab olindi.
Savol va topshiriqlar
:
1. Quyidagi jadvalni to‘ldiring. O‘zbekistonning geosiyosiy holati
Qulay
Noqulay
2. Qo‘shimcha adabiyotlardan foydalanib, 2018-yil yanvarda Shavkat Mir-
ziyoyevning O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi elchilari bilan uchra-
shuvi va unda belgilangan vazifalar bo‘yicha ma’lumot to‘plang.
Yodda tuting
!
Konsepsiyada quyidagi qoidalar muhrlab qo‘yildi: “O‘zbekiston 
o‘zini qo‘shni davlatlardagi qurolli ziddiyatlarga tortilishining oldini olish 
maqsadida tegishli choralarni ko‘radi; o‘z hududida xorijiy davlatlarning 
harbiy bazalari va ob’yektlari joylashtirilishiga yo‘l qo‘ymaydi; O‘zbe-
kiston Respublikasi Qurolli Kuchlari xorijdagi tinchlikparvarlik 
operatsiyalarida ishtirok etmaydi”.
?


114
3. O‘zbekiston tashqi siyosatining tamoyillarini sanab bering.
4. 
O‘zbekiston Respublikasining «Tashqi siyosiy faoliyati konsepsiyasi»da 
Markaziy Osiyo mintaqasi masalasida nima deyilgan?

Yüklə 17,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin