87
Abdushukurov B., 2015: 9] aniqlashdi.
Shuningdek, adib
hayoti va uning yag-
ona merosini tadqiq etish, undagi qis-
sa, hikoya, rivoyat, she’riy janrlar, latifa,
hikmat kabilarning asarda tutgan o‘rnini
tahlil qilishda ilmiy xulosalar ham beri-
lyaptiki, u ham Rabg‘uziy ijodini o‘rgan-
ish bugungi kunda ham dolzarbligicha
qolayotganligini isbotlaydi.
O‘z davrining bilimdoni bo‘lgan Nosi-
ruddin Rabg‘uziy «Qisasi Rabg‘uziy»
asarini
yozishda diniy manbalar-
ni o‘rganish bilan birga og‘zaki ijod
ta’sirida yuzaga kelgan yozma adabi-
yot namunalaridan ham foydalangan.
O‘ziga xos kompozitsion tuzilishga ega
bo‘lgan «XIV asrdagi o‘zbek badiiy ad-
abiyotining saviyasi,
darajasi va kuchini
ko‘rsatib beruvchi» [Rasulev X., 1986:
30.] «Qisasi Rabg‘uziy» «hijriy 710 yiln-
ing Hut (milodiy 1310–1311 yil 21 fevral
– 21 mart) oyida» [Rabg‘uziy, 1990: 7]
yozib tugallangan.
“Qisasi Rabg‘uziy” ilm ahli nigohida
“Qisasi Rabg‘uziy” asariga qiziqish
barcha davrda ham omma e’tiborida
bo‘lgan. Keyingi yillarda asarni o‘rgan-
ish bo‘yicha bir
qancha amaliy ish-
lar bajarildi. Xususan, I.Ostonaqulov
o‘zining «Qisas ar-Rabg‘uziy» – ad-
abiy asar» nomli tadqiqotida asar
manbasini ikki turga: adabiy va tarixiy
manbalarga bo‘lib o‘rganishni ma’qul
ko‘radi [Ostonaqulov I., 1993: 35] Biz
ushbu fikrni ma’qullaymiz, biroq, o‘rta
asr adabiyoti haqida so‘z ketganida
«Qadimgi va o‘rta asrlardagi yozma ad-
abiyot xalq og‘zaki ijodisiz rivojlanishi
mumkin emasligini» [Kurbaniyozov M.,
2016: 69] to‘g‘ri ta’kidlagan tadqiqotchi
M.Kurbaniyazovning fikrlarini e’tirof et
-
maslikning ham iloji yo‘q.
Chunki xalq
og‘zaki ijodi namunalaridan foydalanish
har qanday badiiy asarni xalqning yur-
agiga kirib borishiga asos bo‘lgan. Ana
shu ikki yondashuvni umumlashtirib,
«Qisasi Rabg‘uziy»ning shu kungacha
mashhur bo‘lishida «din – folklor – ad-
abiyot» uchligining o‘rni muhim degan
xulosaga keldik. Aynan
ana shu uchli-
kning yaxlitlashuvi asarning qariyb еtti
asrdan buyon kitobxonlarning qo‘ldan
qo‘ymay o‘qishlariga sabab bo‘lgan.
Asar tarkibidagi qissalar o‘rtasidagi
umumiylik payg‘ambarlarga xos sifatlar,
ularning Alloh tomonidan yuborilgani,
jamiyatda avj olgan zararli illatlardan
insonlarni qaytargani hamda dinning
ahamiyatini tushuntirgani «Qur’on»
oyatlari, «Hadis»lardan
olingan ibratli
hikoyalar hamda xalq og‘zaki ijodi na-
munalari asosida o‘ziga xos uslubda
ifodalanadi. Shuningdek, muallifning
ifoda shakli
ham muayyan badiiy-este-
tik tamoyillarga asoslanadi, ya’ni adib
payg‘ambarlarning hayot yo‘lini tas-
virlashdan avval ularning sifatlari va
mo‘jizalarini ertak va dostonlarda еtak
-
chi bo‘lgan saj’ usulidan foydalanadi.
Badiiy adabiyotda «qo‘llangan saj’ esa
o‘z xarakteri jihatidan juda ham mukam-
mal bo‘lib, saj’langan har bir so‘z u yoki
bu shaxs sifatlarini
ochib berishga xizmat
qiladi» [Sarimsoqov B., 1978: 94]. Asar
muqaddimasida payg‘ambarlar faoliyati
umumiy obzor tariqasida she’riy shaklda
beriladi. Qissaning mazmuni, badiiyligi-
ni kuchaytirish, munozarali voqea-hod-
isalarga aniqlik kiritish maqsadida adib
tasvir jarayonida bir janr ichida bosh-
qasini keltirib, asarning ta’sirchanligini
ta’minlaydi. Asarning folklor va yozma
adabiyot munosabatini tekshirishda ana
shu janrlarni tadqiq etish zarurdir. Zero,
«adabiyotshunoslar
folklorshunoslikda
o‘rganiladigan muhim jihatlardan tar-
ixiy-adabiy va nazariy muammolarni
hal qilishda foydalanishi» [Medrish D.]
qo‘yilgan muammoning еchimini topish
-
da asos bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: