Ma’lumki, Nosiruddin Rabg‘uziy «Qisasi Rabg‘uziy» asarini yozish bi



Yüklə 123,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/10
tarix14.12.2023
ölçüsü123,85 Kb.
#177712
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
qisasi-rabguziyning-qolyozma-va-nashriy-nusxalarida-folklor-namunalarining-orni

Muxammas
G‘oyib eding bu diydalarimdan, dilim
onam,
Jonim tanim eding jigarim, dilbarim 
onam,
Har dam rafiq va mushfiq eding, 
munisam onam,
G‘uncha labing dumohi ruhum, 
axmarim onam,
Qabringa termulub sezadir, 
gavharim onam.
Mungdoshgali bu еrda mani yo‘q 
qarindoshim,
Bino bo‘lsa oyoqing ostida munglug‘ 
maning boshim,
Daryo misollik oqti ko‘zimdan mani 
yoshim,
Bunyomin padar qoshida mani
mungdoshim,
Boshimda tirgovuch edingiz
qarqarim[bilmaim]1* onam.
Qon yig‘ladi bu diydalarim yo‘lga 
termilib,
Xidmat etolmadim boshingizdin 
ming o‘rgulub,
Har kun g‘amingda tirilib ikki ming 
o‘lub,
Ko‘z yoshim oqti diydadin monand 
xun bo‘lub,
Ko‘rmay yuzungni jafo tortarim, 
jonim onam.
Keldim bu kun ko‘rarga muborak 
jamolingiz,
Gulg‘unchasiga o‘xshar edi 
ilhomingiz,
Shoyad еtarga gar nasib o‘lsa 
visolingiz,
Qildim xayol kirsam o‘psam 
oyog‘ingiz,
1
Qarqar – kabutar. Muhammad Ali Tehroniy. 
Farhangi kotuziyon. (Tehron: Tehron, hijriy 
1311), 525.
«QISASI RABG‘UZIY»NING QO‘LYOZMA VA NASHRIY NUSXALARIDA FOLKLOR NAMUNALARINING O‘RNI


92
La’lu nabotu qandu asal shakarim 
onam.
Qondosh ag‘olarim mani g‘urbatga 
tashladi,
Ayirib otamdan g‘am va mehnatga 
tashladi,
Qul deb sotib mani mashaqqatga 
tashladi,
Rahm aylamay manga chu firoqqa 
tashladi,
G‘amxo‘r va hamdamim edingiz, 
mahramim onam.
Bechoravor padar qoldi o‘z 
diyorida,
Qo‘ydi mani raqib padarni 
firoqida,
Yotsam ne erdi yotsin debon man 
oyog‘ida,
Ko‘nglimda yuz alamdur otam 
ishtiyoqida,
Ko‘bdir yaroqlig‘ sababdin va 
xastam onam. 
(199-b)
Aytish kerakki, muxammas yozish 
an’anasiga ko‘ra she’rning qofiyalanishi 
a-a-a-a-a, b-b-b-b-a, v-v-v-v-a... tarzida 
qofiyalangan. Biroq undagi hijolarning 
miqdori bir xil emas. Bu muxammasni 
bosh qahramon his-tuyg‘ularining, ichki 
kechinmalarining obrazli еtkazish ma
-
qsadida kotiblarning yoxud qissaxonlar 
kiritgan improvizatsiya mahsuli deyish 
mumkin. Mazkur holat dostonlar tuzil-
ishini esga soladi. Chunki bu janrga xos 
xususiyatlardan biri qahramon ruhiy ke-
chinmalarining she’riy tarzda ifodalan-
ishidir. Masalan, «Alpomish» dostonida 
Boysari o‘z yurtidan arazlab qalmoqlar 
yurtiga borgach, ularning еrida xor bo‘lib, 
vatandan judolikda yonib, jallodlarga qa-
rata aytgan she’riy munojotida ham ruhiy 
tushkunlik kuchli [Zarif H., Mirzaev T., 
2010: 32]. Qiyoslansa, har ikki obrazdagi 
yaqinlik ona tuproqdan va yaqinlaridan 
ajralish hissining o‘zaro hamohangli-
gidir. Dostonlarga xos bo‘lgan an’anav-
iy holatlarning «Qisasi Rabg‘uziy» 
nusxalarida uchrashi yodgorlikni folklor 
asariga yaqinlashtirib qo‘ygan. Zero, 
«An’anaviylik va simmetrik taqvim – folk-
lorning ajralmas jihatidir» [Medrish D.]. 
Aslida bunday she’riy parchalarning 
kiritilishiga sabab o‘tmishda, ayniqsa, 
qish kechalarida tashkil qilingan yig‘in-
larda qissaxon, xalfalar tomonidan 
aytiladigan qissalarda bu muhim jihat 
bo‘lgan. Aynan ana shu usul bilan ular 
tinglovchi ruhiyatiga ta’sir etib, ularni 
o‘ziga sehrlagan va beixtiyor tinglovchi-
lar ham Yusufning boshiga tushgan 
alam, dard, sog‘inch iztirobi orqali o‘zla-
rining dard va tashvishlarini yodga olib, 
she’r ma’nosiga oshufta bo‘lganlar. Bir 
kishi aytib, jamoa bo‘lib tinglanadigan 
qissaxonlik kechalarida bu muhim edi. 
Ba’zan kotiblar qahramonlarning 
nutqini aynan keltirgani holda uning 
ruhiyatiga mos keluvchi qo‘shimcha 
she’r ham ilova qilishadi. Ular nafaqat 
turkiy tilda, balki fors-tojik va arab til-
larida ham mustaqil ishlangan she’rlar 
namunalaridir. Masalan, Toshkent 
nashrida Ya’qub (a.s.) Yusuf (a.s.)
ni o‘g‘illari bilan dalaga kuzatayotib 
«Iziyo, Yusufumni senga topshurdim
manga tirik yondurg‘il. Firoqining mani 
o‘ti birla yondurmag‘il» degan Tangriga 
murojaati berilgan. Xuddi shu murojaat 
Samarqand toshbosmasida ham tak-
rorlanadi va unga qo‘shimcha ravishda 
quyidagi she’r ham ilova qilinadi. 
She’r
Yo rab, ba haqqi shabi zindadoron,
Ba ohu nolai umidvoron,
Ba bolini g‘aribon bar sari roh,
Chu taskimi asiron dar tagi choh,
Ba obi diydai tifloni ma’sum,
Ba so‘zi siynai pironi mazlum.
Tu rahmi bar dili pur xunam ovar
Azin girdobi g‘am birunam ovar.
(188-b) 

Yüklə 123,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin