92
La’lu nabotu qandu asal shakarim
onam.
Qondosh ag‘olarim mani g‘urbatga
tashladi,
Ayirib otamdan g‘am va mehnatga
tashladi,
Qul deb sotib mani mashaqqatga
tashladi,
Rahm aylamay manga chu firoqqa
tashladi,
G‘amxo‘r va hamdamim edingiz,
mahramim onam.
Bechoravor padar qoldi o‘z
diyorida,
Qo‘ydi mani raqib padarni
firoqida,
Yotsam ne erdi yotsin debon man
oyog‘ida,
Ko‘nglimda yuz alamdur otam
ishtiyoqida,
Ko‘bdir yaroqlig‘ sababdin va
xastam onam.
(199-b)
Aytish kerakki, muxammas yozish
an’anasiga ko‘ra she’rning qofiyalanishi
a-a-a-a-a, b-b-b-b-a, v-v-v-v-a... tarzida
qofiyalangan. Biroq undagi hijolarning
miqdori bir xil emas. Bu muxammasni
bosh qahramon his-tuyg‘ularining, ichki
kechinmalarining
obrazli еtkazish ma
-
qsadida kotiblarning yoxud qissaxonlar
kiritgan improvizatsiya mahsuli deyish
mumkin. Mazkur holat dostonlar tuzil-
ishini esga soladi. Chunki bu janrga xos
xususiyatlardan biri qahramon ruhiy ke-
chinmalarining she’riy tarzda ifodalan-
ishidir. Masalan, «Alpomish» dostonida
Boysari o‘z yurtidan arazlab qalmoqlar
yurtiga borgach, ularning еrida xor bo‘lib,
vatandan
judolikda yonib, jallodlarga qa-
rata aytgan she’riy munojotida ham ruhiy
tushkunlik kuchli [Zarif H., Mirzaev T.,
2010: 32]. Qiyoslansa, har ikki obrazdagi
yaqinlik ona tuproqdan va yaqinlaridan
ajralish hissining o‘zaro hamohangli-
gidir. Dostonlarga xos bo‘lgan an’anav-
iy holatlarning «Qisasi Rabg‘uziy»
nusxalarida uchrashi
yodgorlikni folklor
asariga yaqinlashtirib qo‘ygan. Zero,
«An’anaviylik va simmetrik taqvim – folk-
lorning ajralmas jihatidir» [Medrish D.].
Aslida bunday she’riy parchalarning
kiritilishiga sabab o‘tmishda, ayniqsa,
qish kechalarida tashkil qilingan yig‘in-
larda qissaxon, xalfalar tomonidan
aytiladigan qissalarda bu muhim jihat
bo‘lgan. Aynan ana shu usul bilan ular
tinglovchi ruhiyatiga ta’sir etib, ularni
o‘ziga sehrlagan va beixtiyor tinglovchi-
lar ham
Yusufning boshiga tushgan
alam, dard, sog‘inch iztirobi orqali o‘zla-
rining dard va tashvishlarini yodga olib,
she’r ma’nosiga oshufta bo‘lganlar. Bir
kishi aytib, jamoa bo‘lib tinglanadigan
qissaxonlik kechalarida bu muhim edi.
Ba’zan kotiblar qahramonlarning
nutqini aynan keltirgani holda uning
ruhiyatiga mos keluvchi qo‘shimcha
she’r ham ilova qilishadi. Ular nafaqat
turkiy tilda, balki fors-tojik va arab til-
larida ham mustaqil ishlangan she’rlar
namunalaridir. Masalan, Toshkent
nashrida Ya’qub (a.s.) Yusuf (a.s.)
ni o‘g‘illari bilan dalaga kuzatayotib
«Iziyo,
Yusufumni senga topshurdim,
manga tirik yondurg‘il. Firoqining mani
o‘ti birla yondurmag‘il» degan Tangriga
murojaati berilgan. Xuddi shu murojaat
Samarqand toshbosmasida ham tak-
rorlanadi va unga qo‘shimcha ravishda
quyidagi she’r ham ilova qilinadi.
She’r
Yo rab, ba haqqi shabi zindadoron,
Ba ohu nolai umidvoron,
Ba bolini g‘aribon bar sari roh,
Chu taskimi asiron dar tagi choh,
Ba obi diydai tifloni ma’sum,
Ba so‘zi siynai pironi mazlum.
Tu rahmi bar dili pur xunam ovar
Azin girdobi g‘am birunam ovar.
(188-b)
Dostları ilə paylaş: