Ma’lumki, Nosiruddin Rabg‘uziy «Qisasi Rabg‘uziy» asarini yozish bi



Yüklə 123,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix14.12.2023
ölçüsü123,85 Kb.
#177712
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
qisasi-rabguziyning-qolyozma-va-nashriy-nusxalarida-folklor-namunalarining-orni

Qo‘shimcha kiritilgan xalqona 
talqindagi hikoyalar. 
«Qisasi Rabg‘uziy»ni asl matndan 
yiroqlashtirgan va uni xalq qissalari-
ga yaqinlashtirgan asosiy jihatlardan 
yana biri mustaqil kiritilgan hikoy-
alardir. Masalan, Samarqand nashrida 
“Shayton va uzum” hikoyasi berilgan. 
Bu hikoya Toshkent nashrida umu-
man uchramaydi. U keyingi davrlarda 
noma’lum mualliflar tomonidan qo‘shil
-
gan ijod namunasidir. «Hikoyada an-
dog‘ kelturubdurlarkim, shaytoni mal’un 
uzumni urug‘ini o‘g‘urladi. Hech vaj bila 
topolmadilar. Hayvonotlardan so‘rdilar. 
Hech qaysi bilmasdi. Shaytonni tutdi-
lar. Aydiki, uzumg‘a uch marotaba suv 
qo‘ymoqni manga bersangiz, topib be-
ray dedi. Nuh (a.s.) ham qabul qildilar. 
Uzumni urug‘ini topib berdilar. Vaqtiki 
kemadan chiqtilar, barcha urug‘larni 
ektilar. Uzumni uch suvini shaytoni la’in 
sug‘ordi. Avval, tulkini qoni birla, andin 
keyin yo‘lbarsni qoni birla, andin ke-
yin to‘ng‘izni qoni birla sug‘ordi. Aning 
bergonidan chog‘ir bo‘ldi. Har kim ich-
sa, avval tulki bo‘lib ko‘rmagon kishi 
birla do‘stluq og‘oz qilur. Andin mast 
bo‘lg‘onda yo‘lbarsdek bo‘lur. Himmati 
dar jo‘sh bo‘lub har kimga bir nimarsa 
berur. Andin mastroq to‘ng‘uzdek yur-
gilik bo‘lub hech ishidan qo‘rqmas. Har 
qism yomon ish sodir bo‘lur. Shayton 
MANBASHUNOSLIK VA MATNSHUNOSLIKI


91
bergan suv fe’lidur. Andin so‘ng haz-
rat Nuh (a.s.) ikki marotaba suv berdi-
lar. Avvali behisht .....erdi, andin shiri-
ni paydo bo‘ldi. Yana biri salsabildin. 
Andin sirka paydo bo‘ldi. Bu nimarsalar 
Nuh(a.s.)ni xosiyatlaridur. Bu nimarsal-
ar har uyda bo‘lsa, ul uyda hargiz far-
ishta kam bo‘lmas dedilar» (106–107-
b). Demak, o‘sha davr xalq og‘zaki ijo-
dida shu kabi hikoyalar bo‘lgan va uni 
kotib ishonchlilik darajasiga e’tibor ber-
masdan Nuh payg‘ambarning sifatini 
yoritib beruvchi hikoya sifatida «Qisas 
ul-anbiyo» tarkibiga kiritgan. 
Asar uslubi, obrazlar tizimining folk-
lorlashuv jarayoni
«Qisasi Rabg‘uziy»ni xalq qissalari-
ga yaqinlashtirgan yana bir jihat qahra-
monlar nutqi, murojaati, his-tuyg‘ularin-
ing nazmda ifodalanishidir. Bu holat uni 
xalq dostonlariga yaqinlashtirib, adib 
qalamidan uzoqlashishiga olib kelgan. 
«Natijada epik voqealar bayonida odat-
dagi ko‘chirma gaplardan voz kechib, 
hikoyachi nutqini to‘xtatib, so‘z bevosi-
ta personajlarning o‘zlariga berila bosh-
landi. Tizma dialog ta’sirchanligi, tipikli-
gi va dramatizmi bilan hikoyachi nutqiga 
xos an’anaviy ko‘chirma gapdan afzal 
ekanini ko‘rsatadi» [Yormatov I.,1994: 
17]. Masalan, Toshkent nashrida Yusuf 
(a.s.) qul qilib sotilgach, karvon bilan 
birga ketayotganida yo‘lda onasining 
qabri yonidan o‘tadi va Yusufning unga 
qilgan murojaati quyidagicha tasvirlana-
di: «Anga tegdi o‘zini tevadin quzi soldi. 
Onasi qabrin quchdi, yig‘ladi, aydi: «Ey 
onam, sandin azrilmish erdim, emdi 
otamdan taqi azrildim. Taqi ortuqroq qul 
deb sotildim, azoqimg‘a kishan urdilar, 
yanchuklarim [Rabg’uziy, 1990: 230] 
yo‘g‘on kishanda shishdi. Nozuk etim, 
tanim qattig‘ ingirchoqda [Rabg’uziy, 
1990: 221] yanchildi. Ey onam, koshki 
sandin burunroq o‘lmish kerak erdim», 
teyu yig‘ladi (1-k., 111-b.). Endi xud-
di shu tasvirni Samarqand nashri bilan 
qiyoslaymiz. Unda bosh qahramonning 
onasiga murojaati olti banddan iborat 
muxammas bilan ifodalanadi: 

Yüklə 123,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin