95
cha qissalarda yaqqol namoyon bo‘ladi.
Demak, kotib
qissaning uzilgan qismini
ijodiy to‘ldirgan, qayta ishlagan.
Bu qiyoslardan shu narsa aniqlan-
diki, asarning tadqiqot ob’ekti qilib ol-
ingan Samarqand toshbosma nusxa-
si XIX asrda ko‘chirilgan bo‘lib,
syujet
chizig‘i, she’rlar ko‘lami, mavzusi va
mazmuni, hikoya va rivoyatlarning ha-
jmi va qamrovi bilan Toshkent nashri-
dan farq qiladi. Toshbosmadagi vo-
qea-hodisalar folklor
elementlariga boy
bo‘lib, qissadagi ba’zi hikoyalar ertak
va dostonlarga yaqin.
Toshkent nashrining ayrim sahifalari
jiddiy zarar ko‘rganligiga qaramay,
o‘zida XIV asr adabiy tilini saqlaganli-
gi, voqealar ko‘lamining ixchamligi va
haqiqatga yaqinligi, eng muhimi,
muallif
qalamiga yaqinligi bilan e’tiborlidir. Bu
esa Toshkent nashrining barcha nus-
xalardan mukammal, qadimiy va mam-
lakatimizdagi yagona tayanch manba
ekanligini ko‘rsatadi.
Nosiruddin Rabg‘uziyning «Qisasi
Rabg‘uziy» asarini o‘rganish va tah-
lil qilish jarayonida shu narsa ma’lum
bo‘ldiki, hozirgacha biz tayanib kelayot-
gan adib ijodi haqidagi ayrim ma’lumo-
tlar adib va uning merosi haqida to‘liq
tasavvur hosil qilmaydi. Qissa o‘qu-
vchilarning sevimli asari bo‘lgani sa-
bab, turli
joylarda kotiblar tomonidan
qayta-qayta ko‘chirilgan va kitobat as-
nosida asarga qo‘shimcha voqealar,
hikoyalar va she’rlar kiritilgan. Natijada,
qissa tili, syujeti, kompozitsion tuzilishi
va hattoki, uning yozilish sanasiga doir
ayrim
chalkashliklar yuzaga kelganki,
bu sohada hali ko‘plab ilmiy izlanishlar
olib borilmog‘i kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Abduvohidova M. B. Rabg‘uziy va o‘zbek klassik prozasi // Adabiy meros. –
Toshkent, 1988. – 4-son
(46). – B. 36.
2. Abdushukurov B. Eski turkiy tili adabiy til leksikasi. (Toshkent: Tafakkur bo‘stoni, 2015), 9.
3. Aysu Ata. Nasiruddin bin Burhanuddin Rabguziy. Kisasul anbiyo. (Anqara, 1997), 21–22;
4. “Alpomish” dostoni. Nashrga tayyorlovchi H.Zarif., T.Mirzaev. (Toshkent: Sharq, 2010), 32;
5. Yormatov I.T. O‘zbek xalq qahramonlik eposi badiiyati: Filol. fan-ri d-ri…diss. –Toshkent, 1994. – B. 17.
6. Zohidov P. Kun tug‘ardin kun botarg‘a so‘zi еtgan zot // O‘zbek adabiyoti va san’ati. – Toshkent, 2002.
–2-fevral. – B. 2;
7. Kurbaniyazov M. “Qisasi Rabg‘uziy”da folklorizmlar // O‘zbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 2016. – 3-son.
– B. 69.
8. Медриш Д. Литература и фольклорная традитсия, Вопросы поетики.
9. Muhammad Ali Tehroniy. Farhangi kotuziyon. (Tehron: Tehron, hijriy 1311), 525.
10. Ostonaqulov I. «Qisas ar-Rabg‘uziy» – adabiy asar: Filol fan-ri nomz... diss. – Toshkent, 1993. – B. 35.
11. Rabg‘uziy. Qisasi Rabg‘uziy. 1-kitob. ( Toshkent: Yozuvchi, 1990), 7.
12. Rasulev X. Xalq fantaziyasi izlarining ko‘rinishi // Adabiy meros. – Toshkent, 1986. – 2-son (36). – B. 30.
13. Rahmonov N. O‘zbek adabiyoti tarixi. (Toshkent: Sano-standart, 2017), 231–253.
14. Sarimsoqov B. O‘zbek adabiyotida saj’. (Toshkent: Fan, 1978), 94.
15. Халиуллина А.Р. Графо-фонетические и морфологические особенности тюркоязычного памятника
ХИВ в. «Кисас ал анбия» Насриддина Рабгузи. (Казан: Казанский государственный университет, 2002),
11
16. Eshchonova G. “Oshiq G‘arib va Shohsanam” dostonining variantlari: Filol. fan-ri nomz. diss. –Toshkent,
1994. – B. 76.
17. «Qisasi Rabg‘uziy». Nashrga tayyorlovchi Zaripova R., Sa’dullaeva N. (Toshkent: Sharq, 2013), 191.
18. «Qisasi Rabg‘uziy». Nashrga tayyorlovchi Abdushukurov B. (Toshkent: Mumtoz so‘z, 2009), 207.
19. «Qisas ul-anbiyo». Samarqand toshbosmasi.
Samarqand, 1904.
20. http://modernlib.net/books/medrish_d/literatura_i_folklornaya_tradisiya _voprosi_poetiki_read
21. http://library.ziyonet.uz/uploads/books/29429/546478bb007e6.pdf
«QISASI RABG‘UZIY»NING QO‘LYOZMA VA NASHRIY NUSXALARIDA FOLKLOR NAMUNALARINING O‘RNI