88
O‘zbek
badiiy nasri tarixi yuzasi-
dan ilmiy maqola yozgan M.Abdu-
vohidovaning fikricha, «Qisasi Rab-
g‘uziy»dagi har bir hikoya o‘zicha mus-
taqil asardir. Alohida olib qaraganimiz-
da har bir hikoya bizda original asardek
taassurot qoldiradi. Shularni e’tiborga
olib, Rabg‘uziyning ushbu qissasini hi-
koyalar to‘plami, deb atash mumkin»
[Abduvohidova M., 1988: 36].
Bu fikr
zohiran haqiqatga yaqin ko‘rinsa-da,
unga qo‘shilib bo‘lmaydi. Negaki, bir-
inchidan, asar o‘z nomi bilan “Rabg‘uziy
qissalari”, hikoyalari emas. Ikkinchidan,
«Qisasi Rabg‘uziy» shunchaki qissal-
ar to‘plami ham emas. Asarning syujet
va kompozitsiya jihatidan yaxlit ijodiy
maqsad
asosida yaratilgani, payg‘am-
barlar hayotiga doir qissalarning yago-
na mantiqqa bo‘ysundirilgani, bir-birini
to‘ldirib kelishi fikrimizning isbotidir.
O‘sha davr nuqtai nazaridan qara-
ganda «til jihatdan «Tafsir», «Xusrav
va Shirin», «Nahj ul-farodis», «Siroj
ul-qulub» obidalariga yaqin turuvchi
«Qisasi Rabg‘uziy» O‘rta Osiyoda
yashovchi turkiy xalqlar orasida
«Qisas ul-anbiyo» nomi
bilan mashhur
bo‘lgan» [Rabg’uziy, 1990: 6] va turli
davrlarda bir necha nusxada ko‘chirib
kelingan. Hozirgi kunda asarning bir
necha qo‘lyozma nusxalari O‘zR FA
Sharqshunoslik instituti qo‘lyozma-
lar xazinasi Asosiy fondi № R3042,
№10252, №7397, №1834, №6227,
№11537, №6346, №6685, №6122,
№11202, №12701, №7022, №1624,
№5687 inventar raqamlari bilan ro‘yx
-
atga olingan. “Qissasi Rabg‘uziy”ning
turli davlatlarda ko‘plab nusxalari
saqlanib, Turkiya davlat kutubxonasida
yuzdan ortiq, Qozog‘istonning Ostona
shahridagi davlat kutubxonasida
qirqdan ortiq qo‘lyozma va toshbosma
nusxalari mavjudligi aniqlangan [Aysu
Ata, 1997: 21-22; Xaliullina A., 2002:
11]. So‘nggi yillarda ham
yurtimiz-
da asarning qo‘lyozma va toshbosma
nusxalari nashr etildi [bilmadim]1*.
Akademik E.Fozilovning qayd etishi-
cha, «XIX asrning ikkinchi yarmi va
XX asrning boshlarida asar Toshkent,
Qozon,
Samarqand shaharlarida lito-
grafik usulda bir necha marta nashr qil
-
ingan. Asarning nisbatan to‘la matni ilk
marta rus turkshunos olimi N.I.Ilminskiy
tomonidan 1859 yili Qozon shahri-
da e’lon qilingan. Bu nashr keyinroq
ko‘chirilgan nusxaga asoslangan bo‘lib,
til jihatdan asl nusxadan ancha farq
qiladi», [Rabg’uziy, 1990: 8] deb ber-
iladi. Nusxalarning til
jihatidan farqla-
nishi anchayin o‘rinli va asosli. Biroq,
masalaning yana boshqa bir tomoni
ham borki, nusxalar aro o‘zgarishlar
asar tilining adib qalamidan uzoqlash-
ishiga sabab bo‘lgan. Biz E.Fozilovning
fikriga qo‘shimcha qilib aytgan bo‘lar
-
dikki, yodgorlikning keyingi davrlarda
ko‘chirilgan nusxalarida faqat til emas,
balki syujetida ham jiddiy o‘zgarish-
lar yuz berib, asarda folklorlashish ja-
rayoni kuzatila boshlagan. Natijada,
«Qisasi Rabg‘uziy» haqida ayrim
olimlarning, xususan,
tarix fanlari dok-
tori I.Ostonaqulovning «1859–1916
yillarda Qozon va Toshkent shaharlar-
ida bosilgan payg‘ambarlar qissalarini
Rabg‘uziy nomiga nisbat berish to‘g‘ri
emas. Ularni noma’lum avtor tomoni-
1
«Qisasi Rabg‘uziy»ning birinchi qismi
2013 yil «Sharq» nashriyotida qaytadan
chop etildi. U 191 bet hajmida bo‘lib,
R.Zaripova, N.Sa’dullaeva tomonidan tayanch
manbaga asoslangan Toshkent nashri matni
o‘zgartirishlarsiz hozirgi o‘zbek
adabiy
tilida tabdil qilingan; Qissaning Samarqand
toshbosma nusxasi 2009 yil «Mumtoz so‘z»
nashriyotida filologiya fanlari doktori B.
Abdushukurov tomonidan hozirgi o‘zbek
adabiy tilida nashr etilgan. U 207 betdan
iborat bo‘lib, matndagi lavhalarning ba’zilari
tushirilgan.
Dostları ilə paylaş: