89
dan ishlangan «Qisas ul-anbiyo turkiy»
deb atagan ma’qul» [Ostanaqulov I.,
1993: 18],
degan xulosa chiqarishi-
gacha olib keldi. Shu sababli, biz olim
I.Ostonaqulovning xulosasi nechog‘lik
haqiqatga yaqinligi va
asar nusxalar-
ining Rabg‘uziy uslubidan uzoqlashish
sababini topish maqsadida asarning
ikki nashrini qiyosiy-tarixiy
aspektda
tekshirishga harakat qilamiz.
1. XV asrda ko‘chirilgan va Britaniya
muzeyida saqlanayotgan nusxaning
mashhur matnshunos K.Gronbek to-
monidan 1948
yilda Kopengagenda
nashr qilingan faksimilesi [Rabg’uziy,
1990: 8] asosida 1990–1991 yillarda
Toshkentda «Yozuvchi» nashriyotida
akademik E.Fozilov, filologiya fanlari
nomzodi A.Yunusov, H.Dadaboev,
Yu.Shokirovlar tomonidan ikki jild holi-
da nashr qilingan Toshkent nashri.
2. Samarqand toshbosma nusxasi.
Titul sahifasida “Turkiy «Qisas ul-anbi-
yo» Lirayxon binti Sharif” (ya’ni
Sharif
qizi Rayhon) deb yozilgan. U kitobning
egasi. Kitobning birinchi betida «Ba say’
va ehtimomi Eshon Solihxo‘ja Tohir kotib
Buxoroi Sharif dar viloyati Samarqand»
deb kitobning ko‘chirilgan joyi va ko-
tibning nomi ko‘rsatilgan.
Shuningdek,
arab alifbosida «Fil matbaa Demurov»
deb hamda varaqning pastki hoshi-
yasida kirill harflari bilan «Dozvoleno
senzuroy Sankt-Peterburg 17 dekabrya
1904 goda. Tipo lit R.I.Demurova v
Samarkande»
deb nashriyot nomi beril-
gan 528 betdan iborat [Qissas ul-anbi-
yo, 1904]1*. Samarqand toshbosmasini
tadqiqot ob’ekti sifatida tanlashimizga
sabab hozirgi kunda Respublikamizda
mavjud kutubxonalarning qo‘lyozma-
lar fondida
saqlanayotgan asar nusx-
alarining ko‘pchiligi XVIII–XIX asrlarda
1
Qisas ul-anbiyo. Samarqand toshbosmasi.
1904 (bundan keyingi o‘rinlarda asardan olingan
misollar o‘sha joyda sahifasi ko‘rsatiladi)
ko‘chirilgan namunalardir. Ushbu nashr
ham bu
nusxalar bilan kompozitsiyasi,
tili, syujetiga ko‘ra yaqin. Shu sababli
ana shu ikki nusxani qiyoslab, keyingi
davrlarda ko‘chirilgan
qissa namunala-
rining nima sababdan adib qalamidan
uzoqlashganligini uch aspektda o‘rga-
namiz:
Dostları ilə paylaş: