MA’NAVIY YANGILANISHLAR MEZONI Annotatsiya. Mazkur maqolada Sharq va G‘arb mutafakkirlari Zardusht, Konfutsiy, Suqrot, Pla- ton, Aristotel, Forobiy, Ibn Sino va Nizomulmulklarning jamiyat taraqqiyotida ma’naviy yangilanishlar to‘g‘risidagi qarashlarining bugungi fuqarolik jamiyatini shakllantirishdagi ahamiyati ilmiy tahlil etil- gan. Аннотация. В статье проведен научный анализ взглядов таких мыслителей Востока и За- пада, как: Зороастр, Конфуций, Сократ, Платон, Аристотель, Фараби, Ибн Сина и Низамулмул- ка о роли духовного обновления в развитии общества, что является актульным и для формирова- ния современного гражданского общества. Annotation. The article provides a scientific analysis of the views of thinkers of the East and West, such as: Zoroaster, Confucius, Socrates, Plato, Aristotle, Farabi, Ibn Sina and Nizamulmulk about the role of spiritual renewal in the development of society, which is also relevant for the formation of modern civil society. Kalit so‘zlar: taraqqiyot, ma’naviy yuksalish, qadriyat, dialektika, islohot, fuqaro, baxt, hadis, ax- loq, ilm-fan. Ключевые слова: развитие, духовный рост, ценности, диалектика, реформа, гражданство, счастье, хадис, мораль, наука. Key words: development, spiritual growth, values, dialectics, reform, citizenship, happiness, ha- dith, moral, science. Bugungi kunda jamiyat taraqqiyotida ma’naviy yangilanishlar to‘g‘risidagi turli g‘oya va qarashlar-
ni chuqur va atroflicha tahlil etmay, ulardan tegishlicha saboqlar olmay, milliy tiklanishdan milliy yuksa-
lish sari degan eng ulug‘ maqsadni amalga oshira olmaymiz.
Shu bois insoniyat tarixida jamiyatning ma’naviy yuksalishi haqidagi turli davrdagi buyuk alloma-
lar, davlat va jamoat arboblarining ilmiy-falsafiy qarashlaridan qancha ko‘p ma’lumotlarni tadqiq etsak,
jahonning rivojlangan davlatlarining ijobiy jihatlarini o‘rgansak, mamlakatimizni jahon tendensiyalariga
mos ravishda rivojlantirishimiz, fuqarolarni davlat va jamiyatimizning milliy yuksalishiga faol ishtirokini
ta’minlagan bo‘lamiz.
Ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixiga nazar tashlasak, ma’naviy yangilanishlar jarayonining jamiyat ta-
raqqiyotiga ta’sir doirasi sezilarli ekanligini Sharq va G‘arb mutafakkirlari tomonidan qoldirilgan ilmiy
merosi guvohlik beradi. Shuning uchun buyuk faylasuf, mutafakkir olimlar va adolatli davlat boshliqlari
millatni mahdudlik holatidan chiqarib, taraqqiyotni rivojlantirish maqsadida, birinchi navbatda, ma’naviy
yangilanishlar omiliga e’tibor berganlar, jamiyat a’zolarini umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, vatanga
daxldorlik mas’uliyati, insonni e’zozlash, adolat uchun kurash, halol mehnat, jamoaviylik, oilaga sadoqat,
do‘stlarni hurmat qilish ruhida kamol toptirishga, ularda milliy g‘urur va iftixor, burch va mas’uliyat tuy-
g‘ularini kuchaytirishga harakat qilganlar.
Shundan kelib chiqib, ma’naviy yangilanishlarning jamiyat rivojida tutgan o‘rnini qadimgi Sharq
va G‘arb faylasuf olimlarining ijodlaridan namunalar asosida ilmiy tahlil qilib chiqsak. Bejizga Sharq qa-
dimdan ma’naviyat va sivilizatsiya o‘chog‘i sifatida ta’riflanmagan. Qadimgi Sharq faylasuflari ma’naviy
yuksalish, shaxsning o‘zligini anglashi va kamol topishiga qaratilgan konsepsiyalarda, avvalo, zardushtiy-
lik, buddizm, konfutsiychilik falsafasida juda ko‘plab noyob dialektik g‘oyalar ilgari surilgan.
Ayniqsa, bu borada
Zardushtning falsify-ijtimoiy qarashlari diqqatga sazovor. Zardushtiylik jami-
yatni tinch va osoyishtalik, barqaror holatda bo‘lishi, insonlarning bir-birlariga maslakdosh, ko‘makdosh
bo‘lishi kabi g‘oyalarni lgari surgan. Zardusht falsafasidagi “O‘zgalarga yorug‘lik istagan kimsalarga yo-
rug‘lik nasib etadi. Haqiqat nurlari ostida, Ezgu Niyatdan yaralgan ma’rifatingdan bizlarga hadya qil, toki
tirikligimizning har lahza, har soat, har bir kunida shodmonlikdan bahramand bo‘laylik” yoxud “Olam