VI. MEXANIKA MASALALARINING MATEMATIK MOʻDELI VA
DASTURI.
6.1.1. Maple tizimining tarkibi va imkoniyatlari.
Hozirgi kunda kompyuter matematikasi keng miqiyosda rivojlanib bormoqda.
Kompyuter matematikasining yetakchi oʻrinlardan birini hozirgi kunda egallab
turgan simvolli matematik dasturlash tizimi Maple tez rivojlanib bormoqda. Maple
kuchli foydalanuvchi interfeysiga ega boʻlib, u oddiy va murakkab matematik
masalalarni analitik yechish imkoniyatiga ega.
Maplening keyingi avlodlari Maple -8, 9, 10, 11 larda simvolli matematik
hisoblar foydalanuvchilar uchun yanada qulay holga keltirilgan. Maple
matematik paketi yordamida matematik masalalardan tashqari boshqa texnika
fanlari masalalarini ham analitik va grafik koʻrinishlarda yechish mumkin. Bundan
tashqari Maple koʻplab mexanizmlarning harakatini koʻrsatish, animatsiyalarini
hosil qilish uchun juda qulay dasturlash vositasi hisoblanadi.
Maple elektron hujjatlarni tayyorlash va grafik vizuallashtirish vositalariga
ham ega. Maple kompyuter matematikasini chuqur oʻrganish dasturchiga turli fan
va texnika masalalarini yechishda katta imkoniyatlar ochib beradi.
Maple — tipik integrallashgan tizim boʻlib, uning tarkibiga quyidagi
vositalar kiradi:
kuchli dasturlash tili (u tizim bilan interaktiv muloqot qilish vositasi
hamdir);
dasturlar va hujjatlarni tahrir qilish va tayyorlash uchun tahrirlagich;
dialog rejimida ishlash imkoniyatini beruvchi zamonaviy koʻp oynali
interfeys;
minglab namunalarga ega boʻlgan kuchli ma’lumotlar tizimi;
algoritmlar va matematik ifodalarni oʻzgartirish qoidalarini oʻz
tarkibiga oluvchi tizimning yadrosi;
sonli va simvolli protsessorlar;
298
diagnostika tizimi;
biriktirilgan va qoʻshimcha funktsiyalarning kutubxonasi;
foydalanuvchilar funktsiyalarini va boshqa ayrim dasturlash tillari va
dasturlarni qoʻllab quvvatlash paketlari.
Yuqorida keltirilgan vositalarning barchasiga Maple dasturi orqali bevosita
kirish mumkin.
Maple tizimi oʻzining uchta xususiy: kirish, amalga oshirish va dasturlash
tillariga ega. Uning kirish tili oʻta yuqori darajadagi til boʻlib, har qanday
murakkablikdagi
matematik,
fizik
va
mexanik
masalalarni
yechishga
yoʻnaltirilgan. Bu til tizimga sovol, ya’ni qayta ishlanuvchi kirish ma’lumotlarini
berish uchun xizmat qiladi va oʻzining ideologiyasi boʻyicha “Basic” tiliga oʻxshab
ketadi. Kirish tili katta miqdordagi oldindan aniqlangan matematik va grafik
funktsiyalarga, hamda zarur boʻlganda qoʻshiladigan kutubxonalariga ega.
Maple tizimi an’anaviy tarkibiy dasturlash vositalarini hamda kirish tilining
buyruq va funktsiyalarini oʻz ichiga oluvchi “protseduraviy” dasturlash tili—
Maple-tiliga ham ega. Maple tizimini amalga oshirish tili boʻlib, eng kuchli va
universal tillardan biri boʻlgan “Si” dasturlash tili xizmat qilgan. Uning yordamida
tizim yadroʻsining dasturi yozilgan. Umuman olganda, Maple tizimi vositalarining
taxminan 5 dan 10% gacha qismi “Si” dasturlash tilida, qolgan 90-95% esa Maple-
tilida yozilgan. Maple-tilidagi dasturlarni biriktirilgan tahrirlagichdan tashqari
tashqi tahrirlagichlarda (masalan “Word”da) ham tayyorlash mumkin. Maple
tizimining biriktirilgan tahrirlagichi “File” menyusidagi “New” va “Open”
buyruqlari yordamida ochiladi.
|