O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. M. Mirsaidov, T. M. Sobirjonov nazariy mexanika


qattiq jismning ilgarilanma harakatida, uning ixtiyoriy A va B



Yüklə 6,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/177
tarix14.12.2023
ölçüsü6,14 Mb.
#177756
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   177
Nazariy Mexanika darslik

qattiq jismning ilgarilanma harakatida, uning ixtiyoriy A va B 
nuqtalarining tezliklari va tezlanishlari qiymatlari va yo‘nalishlari bo‘yicha bir 
xil boʻlar ekan. 
A va B nuqtalarni ixtiyoriy 
ravishda 
tanlab 
olganligimiz 
sababli, 
qattiq 
jismning 
ilgarilanma 
harakatida 
uning 
barcha 
nuqtalarining 
istalgan 
vaqtdagi 
tezlik 
va 
tezlanish 
vektorlari bir-biriga teng ekan. 
Yuqorida isbot qilingan teoremaga asosan, ilgarilanma harakat qilayotgan 
qattiq jismning tezlik va tezlanish vektorlarining maydonlari bir jinsli bo‘lar ekan 
(3.14-shakl), lekin nostatsionar, ya’ni vaqt oralig‘ida o‘zgaruvchan bo‘lar ekan. 
Shuni ta’kidlash lozimki, jismning tezligi va tezlanishi degan iborani qattiq 
jismning 
faqat ilgarilanma harakatidagina
ishlatish mumkin xolos. Qattiq 
jismning qolgan barcha harakatlarida bunday - «
jismning tezligi
» va «
jismning 
tezlanishi
» kabi so‘zlar o‘rinsiz bo‘ladi, chunki jismning har bir nuqtasining tezligi 
va tezlanishlari turlicha bo‘ladi. 
 
3.2.2. Qattiq jismning qoʻzgʻalmas oʻq atrofidagi aylanma harakati 
A. HARAKAT QONUNI. 
Harakat davomida jismning kamida ikkita 
nuqtasi harakatsiz qolsa, jismning bunday harakati
qo‘zg‘almas o‘q atrofidagi 
aylanma harakat 
deb ataladi.
 
Albatta, bu ta’rif juda mukammal emas, lekin shu 
3.14-shakl. 


127 
nuqtalardan o‘tgan o‘q jismning 
aylanish o‘qi
 
deb qabul qilinsa, haqiqatga 
yaqinroq boʻladi (3.15-shakl.) 
3.15-shakl. 
Qattiq jismning qoʻzgʻalmas oʻq atrofidagi aylanma harakatiga misollar 
juda koʻp boʻlib, mashina-mexanizmlarning aksariyat qismi shunday harakat qiladi 
(3.16-shakl). 
a) 
b)
c)
d)
3.16-shakl. 
Qattiq jismning nuqtalari orasidagi masofalar harakat davomida o‘zgarmay 
qolgani uchun, aylanish o‘qida yotuvchi barcha nuqtalar qo‘zg‘almas bo‘ladi. 


128 
Aylanish o‘qida yotmagan barcha nuqtalarning trayektoriyalari aylanish o‘qiga 
perpendikulyarl tekisliklarda joylashadi va markazlari aylanish o‘qida joylashgan 
tegishli radiusli yoylardan iborat bo‘ladi. 
Aylanma harakat qilayotgan qattiq jismning holatini aniqlash uchun, 
aylanish o‘qidan o‘tuvchi ikkita tekislik tanlab olamiz: ulardan biri qo‘zg‘almas I-
yarim tekislik, ikkinchisi jismning aylanish o‘qini kesib o‘tuvchi va jism bilan 
birgalikda aylanma harakat qiluvchi II-yarim tekislikdan iborat bo‘lsin (3.15-
shakl). 
U holda jismning ixtiyoriy holati, uning aylanma harakatida II-yarim 
tekislikning Az - o‘q atrofida burilishi natijasida qo‘zg‘almas I-yarim tekislik bilan 
hosil qiladigan 

-burchak orqali aniqlanishi mumkin. Ushbu 

-burchakni 

Yüklə 6,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   177




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin