6
«Tulkioy eshitib turibdi» va boshqalar. Dramatizasiyalashgan o‘yinlar jarayonida
bolalar rollarni ta’sirchan ifoda etishga, mustaqil ravishda tomoshalar ko‘rsatishga,
rollarni taqsimlashga harakat qiladilar. «G‘oz-oqqushlar», «Uch kichkina
to‘ng‘iz», «Qizil shapkacha» kabi ertaklarni kichik guruh tarbiyalanuvchilari va
ota-onalarga katta istak bilan namoyish etadilar.
Ota-onalar teatr faoliyatiga katta qiziqish bildirishadi, teatr uchun kostyumlar,
qo‘g‘irchoqlar tayyorlashda yordam berishadi, bolalar bilan hamkorlikda
tomoshalarda rol ijro etishadi. Shuningdek, ota-onalar bilan: «Maktabgacha tarbiya
yoshidagi bolalarni teatr san’atiga qiziqishni qanday oshirish?» mavzusida
suhbatlar; «Teatr o‘yinlari maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish
vositasi», “O‘yin va teatr”, “Teatr va ota-onalar” mavzusida maslahatlar;
“Maktabgacha teatr dunyosi” mavzusida ota-onalar va tarbiyachi-pedagoglar
uchrashuvlari; «Teatr uchun eng yaxshi qo‘g‘irchoq», «Eng yaxshi teatr niqobi»
mavzusida tanlovlar o‘tkazish bolalarda teatr faoliyatiga yanada kizikish uygotadi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishda teatr
o‘yinlari o‘z samarasini bermoqda: bolalar faollashadilar va so‘z va nutq boyligi
oshadi, o‘zlarini erkin tutish ko‘nikmalarini egallaydilar, muloqot qilish va va eng
muhimi, ular emotsional rivojlanadilar. Bolalar «Teatr» so‘zini eshitganlarida
ularning ko‘zlari quvonchdan chaqnaydi, sevinch uchqunlari porlaydilar, yuzlari
tabassumdan yorishadi.
Dostları ilə paylaş: