15
2.
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASIDA
TURLI YOSH GURUXLARIDA SAXNALASHTIRISH
FAOLIYATINING ASOSIY VAZIFALARI
Режа:
1.
Maktabgacha ta’lim muassasasida saxnalashtirish faoliyatining
axamiyati.
2.
Turli yosh guruxlarda saxnalashtirish faoliyatining vazifalari
Tayanch tushunchalar
:
dekorator
,
akter
,
rejisser
,
fantaziya
,
janr
,
integratsiya
,
motorika, koordinatsiya, tembr
.
16
Maktabgacha ta’lim muassasalarida teatrlashtirilgan faoliyat olib borishning
asosiy vazifalari.
Har bir insonning bolaligi rolli o‘yinlar asosida o‘tadi, u bolada
kattalarning hayotiy qonun-qoidalarni anglashni o‘rgatadi. Har bir bola o‘zi
bilganicha o‘ynaydi, lekin bu o‘yinlar asosan kattalar, sevimli qahramonlardan
o‘rganib yoki ularga taqlid qilgan holda amalga oshiriladi. Bolalar o‘yinlariga
improvizatsiya qilingan teatrlashtirilgan tomosha sifatida qarash mumkin. Bolaga
o‘zini rejisser, akter, musiqachi, dekorator holida ko‘rish imkoni beriladi.
Dekoratsiya va kostyumlarni tayyorlash bolada ijodiy va texnik faoliyatni
rivojlanishiga turtki bo‘ladi. Tomoshani tayyorlash jarayonida ular chizish, yasash,
tikish ko‘nikmalarini rivojlantirish bilan birga, oldilarida amalga oshirishlari lozim
bo‘lgan vazifalarga nisbatan istak, hoxish tuyg‘ulari yanada rivojlanadi va ular
bundan katta zavq oladilar.
Maktabgacha ta’lim muasasalarida teatrlashtirilgan faoliyatning barcha
yo‘nalishlariga katta e’tibor berish lozim va shart, chunki ular,
jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lish modelini yaratishni;
milliy va ma’naviy qadriyatlarni singdirib borgan holda bolaning
madaniyatini oshirishni;
bolalar adabiyoti, musiqa, tasviriy san’at, o‘zini tutish odobi, milliy
an’analar va qadriyatlar bilan yaqindan tanishtirish va bu boradagi qiziqishini
muntazam oshirib borishni;
to‘g‘ri fikrlash, yaxshilik va yomonlik haqidagi tushunchalarni o‘yinlar
orqali bolalar ongiga singdirib borishga yordam beradi.
Shuningdek, teatrlashtirilgan faoliyat bolalarning ichki kechinmalari,
munosabatlari, emotsional faoliyatining rivojlanishiga ya’ni asar qahramonlariga
munosabat bildirish, ularning holatiga kirishga harakat qilish kabi holatlar bilan
birga boladagi ijodiy faollikni o‘yin, fantaziya, to‘qib chiqarish orqali
kengaytiradilar.
Teatrlashtirilgan faoliyat bilan bolalar nutqini rivojlantirish uzviy bog‘liq
bo‘lib, qahramonlarning so‘zlari, bola nutqi bilan uyg‘unlashib uning so‘z
boyligini ortiradi, nutqining tovush madaniyat mukammalashadi.
17
Teatrlashtirilgan mashg‘ulotlar o‘z ichiga ertaklardan lavhalar qo‘yish,
rasmga qarab rolli suhbatlar tuzish, hayotiy mavzularga oid mustaqil
improvizatsiya (o‘xshatish) qilish (kulguli voqealar, qiziq hodisalar va hokazo);
qo‘g‘irchoq tomoshalarini ko‘rish va uni muhokama qilish, dramatizatsiyalashgan
o‘yinlar, rolni ijro etish ifodaliligini rivojlantiruvchi mashqlar (verbal va noverbal);
bolalarni xissiy rivojlantiruvchi mashqlarni qamrab oladi.
Teatrlashtirilgan faoliyatni to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, jamoani to‘g‘ri
yo‘naltirishda tarbiyachi katta rol o‘ynaydi. Tarbiyachi nafaqat ifodali o‘qishi yoki
aytib berishi, balki ko‘rishi, eshitishi, obrazga kirishi, ya’ni akterlik va rejisserlik
mahoratlariga ham ega bo‘lishi zarur. Aynan shu holat bolalarda teatrlashtirilgan
faoliyatga qiziqishi uyg‘otishi, bolalarning ijodiy qobiliyatlarini ijobiy tomonga
o‘zgarishiga yo‘l ochadi. Tarbiyachi o‘zining akterlik faolligi bilan tortinchoq
bolalarni faqatgina tomoshabinga aylantirib qo‘ymasligi, har bir bolani diqqat bilan
kuzatishi lozim. Tarbiyachi bolalarni muntazam ravishda qo‘llab quvvatlashi,
ularning xato qilish va sahnaga chiqishda «qo‘rqish», «artist» va «tomoshabin»ga
bo‘linib qolishlariga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
Quyidagi vazifalar teatrlashtirilgan faoliyatni shakllantirish bo‘yicha amalga
oshiriladigan darslar majmuasi davomida hal etiladi:
-tarbiyalanuvchining ijodiy qobiliyat va ijodiy o‘z o‘ziga ishonish tuyg‘ularini
shakllantirish;
- bolalarda ijodiy faoliyatning barcha jabhalariga qiziqish uyg‘otish;
- improvizatsiya (o‘xshatish) qilish ko‘nikmalarini egallash;
- nutq faoliyatining barcha shakl, funksiya va komponentlarini rivojlantirish;
- bilish ko‘nikmalarini mukammallashtirish.
Teatrlashtirilgan o‘yin teatrlashtirilgan mashg‘ulotning asosi hisoblanadi.
Maktabgacha
ta’lim
tashkilotida
teatrlashtirilgan
o‘yinni
o‘tkazishda
qo‘yidagilarga alohida e’tibor qaratish lozim:
janr va mavzuning turli tumanligi;
pedagogik faoliyatning barcha yo‘nalishlariga teatrlashtirilgan
faoliyatni har doim va har kuni singdirish.
18
Bolalarning teatrlashtirilgan o‘yinni tayyorlash va o‘tkazishdagi
maksimal faolligi.
Bolalarning teatrlashtirilgan o‘yinni uyushtirishda o‘zaro va kattalar
bilan hamkorligi.
Dostları ilə paylaş: |