Xasanova Sh. T bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish


TEATRLAShTIRILGAN FAOLIYaT TAMOYILLARI



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/92
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177824
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   92
Болаларни саҳналаштириш ва ижодий фаолиятга ўргатиш ўқув қўлланма

TEATRLAShTIRILGAN FAOLIYaT TAMOYILLARI
Teatrlashtirilgan faoliyat bilan shug‘ullanish bolalarga nafaqat ertaklar 
vositasida atrof olamni o‘rganish va bilish, balki u bilan uyg‘unlikda yashash, turli 
faoliyat shakllaridan zavq olish imkonini beradi. Shu nuqtai nazardan 
teatrlashtirilgan faoliyatni amalga oshirish uchun makonni tashkil qilish katta 
ahamiyatga ega. Teatrlashtirish bo‘yicha faoliyatda rivojlantiruvchi predmet-
makon muhitini tashkil qilish va bezashda quyidagi prinsiplarga tayaniladi: 


12 

komplekslash va egiluvchan zonalashtirish
prinsipi, bolaga qiziqtirgan 
faoliyat bilan bir-iriga xalaqit bermagan holda shug‘ullanish imkonini beradi;

faollik
prinsipi, bolaning bilish faoliyatini, faolligini rag‘batlaydi; 

erkinlik va mustaqillik
prinsipi, bolaga muhitga o‘z munosabatini mustaqil 
belgilash: idrok qilish, taqlid qilish, yaratish; o‘zi istaganini mustaqil tanlash 
imkonini beradi;

hayotiy haqiqat
illyuziyasi
prinsipi, bolalarni yaratilgan aldovga berilish va 
haqiqiy predmetlar bilan ishlayotganiga ishonch hosil qilish uchun ruhiy va faktik 
imkoniyat yaratadigan sharoitga qo‘yishdan iborat. 
Sanab o‘tilgan prinsiplar bilan bir qatorda quyidagi didaktik prinsiplar ham 
realizatsiyalanadi: 

psixologik komfort
(qulaylik) prinsipi bolalar o‘zini xuddi uyidagidek his 
qiladigan sharoit yaratish. Stress hosil qiluvchi omillarni bartaraf qilish, bolalarni 
muvaffaqiyatga yo‘naltirish, asosiysi, quvonchni his qilish, faoliyatning o‘zidan 
zavq olishga yo‘llash; 

ijodkorlik
(kreativlik) – bolalarni maksimal darajada ijodiy ibtidoga, o‘z 
ijodiy faoliyat tajribasini egallashga yo‘naltirish; 


Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin