Xasanova Sh. T bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/92
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177824
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   92
Болаларни саҳналаштириш ва ижодий фаолиятга ўргатиш ўқув қўлланма

Tayanch tushunchalar
: rasm, loy, applikatsiya, tahlil, sintez, taqqoslash, 
estetik sezgi, badiiy ijod, ekskursiya, qog‘oz, mel, bo‘yoqlar, mazmunli-rolli, 
dramalashtirish, didaktik. 


101 
PAPE-MAShE USULI 
Pape-mashe “ivigan”, “g‘ijimlangan” qog‘oz‚ demakdir. Bunday qog‘ozdan 
kleyster bilan loy va plastilindan yasalgan tayyor model bo‘yicha shakl 
yelimlanadi. Pape-mashedan tayyorlangan o‘yinchoqlar, har xil mayda chuyda 
narsalar yasashning osonligi bilan ajralib turadi. Pape-mashe bilan ishlash jarayoni 
talabalarda mehnat malakalarining shakllanishiga, turli asbob va materiallar bilan 
ishlash ko‘nikmalarining rivojlanishiga yordam beradi. Pape-mashe bilan 
ishlaganda steklar, qarmoq ipi, yelim pishirish uchun idish, tayyor mahsulotni 
bo‘yash uchun bo‘yoq, mo‘yqalamlar kerak bo‘ladi. Ish qog‘ozni tayyorlashdan 
boshlanadi. Buning uchun gazeta va o‘rash qog‘ozlari zarur. Qog‘oz namlanadi, 
biroq ivib ketmasligi kerak. Bir idishda gazeta, ikkinchi idishda o‘rash qog‘ozi 
turadi. Undan keyin yasaladigan shakl tayyorlanadi. Piyola paner ustiga to‘nkarib 
qo‘yiladi. Unga yupqa qatlam yog‘ (vazelin, o‘simlik yog‘i) surtiladi. Birinchi ish 
piyola ustiga faqat suvlangan qog‘ozni yopishtirishdan boshlanadi. Shundan keyin 
namlangan kesma qog‘ozlarga kleyster surtib, birin-ketin piyolaga yopishtirib, 
bittadan oralatib, bir biriga ko‘ndalang, bir kesma ikkinchiga yetadigan qilib 
qo‘yib chiqiladi. Poloskalarning eni 1-2 sm, uzunligi esa piyolaning ikkala 
tomoniga yetib, faner ustiga tushib turadigan bo‘lishi kerak. Bunday qog‘ozlar ikki 
qatlam qilinib ochiq joylarni qoldirmay yelimlanadi. Shundan keyin yana ikki-uch 
qatlam yopishtiriladi, biroq endi poloskalar emas, balki qog‘oz parchalari 
yopishtiriladi. Qog‘oz albatta qo‘lda yirtilishi kerak, shunday qilinsa bir 
me’yordagi yelimlangan tekis qatlam hosil bo‘ladi. Shunday qilib, piyola ustiga 
bir necha qatlam (5-6-8) qavat qog‘oz parchalari buyumning kattaligiga ko‘ra 
yopishtiriladi. Qog‘oz shaklni piyoladan ikki kundan keyin olish kerak. Agarda 
shakl piyoladan chiqmasa, uni bir oz quritish, pichoq bilan qirqib olish kerak. 
Chetlarini ohista to‘g‘rilab, qirqilgan joy yelimlanadi va bir-ikki sutka davomida 
quritiladi. Yaxshilab quritilgan pape-mashe shaklning satxi silliq qilib, jilvir 
qog‘oz bilan tozalanadi. Shundan so‘ng yasalgan buyumga emulsiya bo‘yog‘iga 
PVA yelimi qo‘shib mo‘yqalam yordamida silliqlab jilo beriladi. Emulsiyalangan 


102 
shakl quritiladi va jilvir qog‘oz bilan tozalanadi. Shundan so‘ng u bo‘yaladiva 
bezak beriladi. 
Pape-mashening qog‘oz massasidan bajariladigan boshqa usuli ham bor. 
Pape-mashe uchun massa eski qog‘ozga yopishtiruvchi va to‘ldirgich moddalar 
qo‘shib tayyorlanadi. Tayyorlash usuli oddiy. Qog‘ozni mayday qilib burdalab, bir 
sutka ivitib qo‘yiladi. So‘ngra uni kiselsimon bir xil massa hosil bo‘lgunga qadar 
qaynatiladi. Sovigan massa kichik-kichik bo‘laklarga bo‘linib qo‘lda siqiladi, 
quritiladi. Tamoman qurigan massa mayday qirg‘ichdan o‘tkaziladi. Shundan 
so‘ng qog‘oz massaga yelimli suv quyib, narsalar yasashga yaroqli xamir xolatiga 
kelguncha aralashtiriladi. Bunday massadan karnavallar niqoblari, o‘quv 
qo‘llanmalari tayyorlanadi. Pape-mashedan massa tayyorlash retseptlari serob, 
qog‘oz massasi va suyuq duradgorlik yelimini turli to‘ldirgichlar: bo‘r, loy, 
yog‘och qipiqlari, zig‘ir moy bilan qo‘shibtayyorlash mumkin. Tayyorlangan 
xamirdan turli xil narsalar yasaladi. Xamir 1-1,5 mm qalinlikda yoyilib, kerakli 
mahsulot ustiga yopishtiriladi, so‘ngra quritib gruntlanadi. Grunt tayyor 
maxsulotga yupqa qilib surtiladi. U qurigach, uning satxi jilvir bilan sayqallanadi‚ 
shundan keyingina moy yoki yelimli bo‘yoq bilan bo‘yab, mahsulotni chiroyli 
ko‘riniga kelishuchun harakat qilish kerak. 
Pape-mashe juda qo‘l keladigan ashyo ko‘pgina mamlakatlarida keng 
foydalanadi. Pape-mashe texnikasi yordamida vazalar, patnislar, qutilar 
tayyorlanadi. Bu mahsulot oliy darajada mustahkam va uzoq vaqt xizmat qiladi. 
Pape-mashedan mahsulot tayyorlash – juda uzoq vaqt davom etadigan 
jarayon, biron bir o‘yinchoqlarni tayyorlash uchun sizning bir kuningiz ketadi. 
Avval osma kosacha qanday kattalikda bo‘lishini aniqlab va sharsimon shaklga ega 
bo‘lgan buyumni (koptok) toping. Ish jarayonida koptok dumalab ketaverishi kerak 
emas, uni yopishqoq lenta bilan mahkamlash kerak. Tayyorlab qo‘yilgan qog‘ozni 
uchburchaklarga kesib olish lozim. Gazeta qog‘ozini bir idishga solib qo‘yamiz, 
papirus qog‘ozini esa boshqa idishga solamiz. Qog‘ozning ikki xilini ishlatish 
tavsiya etiladi. Chunki bunda yopishtirilgan qavatlarini farqlay olish mumkin 


103 
bo‘lsin. Birinchi qavatiga faqatgina suv ishlatiladi. Bu juda muhimdir, bo‘lmasa 
tayyor kosacha koptokka qattiq yopishib qolishi mumkin. Qolgan qog‘oz 
qavatlariga yaxshilab yelim surtiladi. Qanchalik ko‘p qavat bo‘lsa, shuncha yaxshi 
bo‘ladi. Keyin tayyor mahsulot quritiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin