Barglarni gerbariy ramkalarida quritish.
Gerbariy ramkalaridaquritilgan
o‘simliklarning ko‘pchiligi o‘zining tabiiy rangini saqlab qoladi. Bundao‘simlik
yumshoq qog‘oz va gazeta orasiga solib qo‘yiladi. Xar bir qog‘oz va o‘simlik
orasiga yana bir necha qavat gazeta qo‘yiladi, chunkiquritilayotgan o‘simlilar
o‘zidan namlik chiqaradi.Shundan so‘ng papka ikkita to‘rsimon ramka o‘rtasiga
qo‘yilib ochiq xavoda quritiladi.
Taxtakachda bostirib quritish.
Orasiga o‘simlik solingan qog‘ozlar gerbariy
papkasi
o‘rniga
ikkita
faner
118
listlario‘rtasiga joylanib, og‘ir narsa bostirib qo‘yiladi. Og‘irliktaxtakachda ya’ni
bostirishda qancha o‘simlik joylashtirilishiga bog‘liq bo‘ladi. Mayda nozik
o‘simliklar kam og‘irlikni, quritish uchun kamroq vaqtni talab qiladi. 2-3 soatdan
keyin ustiga quyilgan qog‘ozlar almashtiriladi. Nam bo‘lgan qog‘oz olib tashlanib,
yangisi qo‘yiladi. Quritish shu usulda davom ettiriladi.
Quritishning yana bir usuli dazmoldan foydalanish usulidir. Issiq dazmolda
barglar, poyalar, maysalar,gullar quritiladi. Masalan: qavat-qavat gazeta yoki
yumshoq qog‘oz orasiga o‘simlik qo‘yib, ustidandazmol yurgiziladi. So‘ngra usti
qavatidagi gazetani olib, shamollatiladi va quruq joyga qo‘yiladi. So‘ngra gazetani
yopib yana dazmollanadi. O‘simlik 2-3 daqiqada quriydi va o‘zining rangini
yo‘qotmaydi. Agar quritilayotgan narsa ko‘tarilganda o‘z tanasini yaxshi ushlab
tursa,u yaxshi quritilgan xisoblanadi. Agarda u sinib maydalanib ketsa, bilingki
demak siz uni ortiqcha quritib yuborgan xisoblanasiz. Barglardan ijodiy ishlar
bajarishda quyidagi namunalarni tavsiya qilamiz. Marxamat o‘zingiz xam bajarib
ko‘ring.
|