Xasanova Sh. T bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish


"Tizimcha" yasash, kartondan  "Stakancha"



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/92
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177824
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   92
Болаларни саҳналаштириш ва ижодий фаолиятга ўргатиш ўқув қўлланма

"Tizimcha"
yasash, kartondan 
"Stakancha"

matodan 
"Mo‘yqalam artgich"
,
"Ninachi va chumoli"
yasash. 


126 
Mashg‘ulotning vazifalari. 
Bolalarni tabiiy materiallardan, kartondan, 
matodan foydalanib, turli ashyolar yasashga o‘rgatish. Qo‘l mehnati bilan 
shug‘ullanishga o‘rgatishni davom ettirish. Bolalarda o‘zlarining mehnat 
ko‘nikmasi va malakalarini mustaqil ravishda qo‘llashni, unga intilishlarini 
tarbiyalash. Bolalarni tabiatni asrash va muxofaza qilishga o‘rgatish.
 
Mashg‘ulotni jihozlash: dub daraxti, kashtan daraxti mevalari, na’matak guli 
mevasi, patlar, plastilin, novdachalar, karton qog‘oz, yelim, ip, igna, mato 
qiyqimlari. 
Mashg‘ulotning borishi:
Tarbiyachi: 
bolalar, o‘lkamizda oltin kuz fasli kezmoqda. Bilamizki, kuz 
faslida sabzavot, mevalar pishadi, to‘g‘rimi? Manzarali daraxtlarning mevalari 
ham pishib, ko‘chalarimizda, xiyobonlarda ostiga to‘kilib yotibdi. Bilasizmi, 
bolalar bugungi mashg‘ulotimizda sizlar bilan ana shu manzarali daraxt 
mevalaridan o‘yinchoqlar yasaymiz. Faqatgina o‘yinchoqlar emas, ilk marta 
birinchi sinfga boradigan o‘quvchi kichkintoylarimiz uchun hisob-kitob 
mashg‘ulotida foydalanish mumkin bo‘lgan tizimchalarni ham yasaymiz. Tizimcha 
yasalishi uchun qalinroq ip olamiz-da kashtan mevasini teshib, ip o‘tkazamiz. 
Dastlab bolalar 10 raqami ichida sanashni o‘rganishlari sababli, tizimchaga 10 ta 
mevani ipdan o‘tkazib chiqamiz. Bu tizimchani eman daraxti mevasidan ham 
tayyorlash mumkin. Agar meva bir oz ko‘rib qolgan bo‘l sa, ozroq suvga solib 
qo‘yilsa, ustki po‘stlog‘i yumshaydi va tizimchani tayyorlash mumkin bo‘ladi.
Qani kim sanab beradi?
 
Tarbiyachi: 
barakalla, bolalar sizlar bilan mana bunday stakanchalar 
tayyorlaymiz. Kvadrat shaklidagi karton qog‘oz olib, undan doira qirqamiz. So‘ng 
to‘rtburchak shaklidagi qog‘ozning pastki qismini bir sm enlikda qoldirib arra 
tishlariga o‘xshatib kesib chiqamizda, ikki tomonini yelimlab, pastki qismidagi 
qirqilgan bo‘laklarga yelim surtamiz va doirachaga yelimlaymiz. Stakancha tayyor. 
Bolajonlar, sizlar ham stakanchangizni tayyorlab bo‘ldingizlarmi? 


127 
Barakalla! Stakan tayyor bo‘lgan bo‘lsa, endi mo‘yqalamni artish uchun 
artgich, salfetka, tayyorlaymiz. Keraksiz matolardan bir necha kvadratchalar qirqib 
undan doirachalar hosil qilamiz. Doirachalarni ustma-ust qo‘yib, o‘rtasidan tiqib
qo‘yamiz. Mana mo‘yqalam artgich ham tayyor bo‘ldi. 
Bolalar, o‘yinchoq ham yasaylik, deyapsizlarmi? Albatta, o‘yinchoqlar ham 
yasaymiz. Hozir na’matak va kashtan daraxtining mevasidan "Ninachi va 
chumoli"ni yasaymiz. Buning uchun kashtan mevasini olib, unga sal kichikroq 
kashtan mevasiga chumolining bosh qismini o‘rnatamiz, oyoq-qo‘llarini esa 
novdadan yasab, to‘nkaga o‘tkazib qo‘yamiz, ko‘zlarini esa plastilindan yasaymiz. 
Ninachining tanasi kashtan mevasidan tayyorlanib, uning orqa tomoniga gugurt 
cho‘p o‘rnatib, kichik kashtandan bosh qismni yasaymiz: qo‘l-oyoqlarini aso 
novdadan tayerlaymiz. Manzarali daraxt mevasidan qanotlarini yasab, plastilin 
bilan yopishtiramiz. Mana, ninachimiz ham tayyor! Qani eslangchi, ninachi
haqidagi qaysi masalni bilasiz? 
Bolalar javobi rag‘batlantirilib, mashg‘ulot yakunlanadi. 
Bolalarga chiqindi materiallar (ip, shoyi, mo‘yna, polietilen kabilar)dan 
foydalanib har xil mazmunda applikatsiyalar tuzish taklif etiladi. So‘ng ularga
matolardan o‘yinchoqlar, turli bayram ertaliklari uchun ertak kahramonlarining 
kiyimlari hamda quvnoq qiziqchilar, petrushkalar kiyimlarini tikishga ham
o‘rgatiladi. Bolalarning o‘zlari yasagan o‘yinchoqlar ijodiy, harakatli o‘yinlar 
jarayonida namoyon bo‘ladi. Quyidagi rasmlarda tabiat ashyolaridan bajarilgan 
o‘yinchoqlar namunalari keltirilgan: 


128 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin