116
10.
MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASALARIDA
TABIIY VA TASHLANDIQ MATERIALLARDAN
O‘YINCHOQLAR YASASH
Reja:
1. O‘simlik barglari va urug‘laridan applikatsiya
2. Tabiiy va tashlandiq materiallardan o‘yinchoqlar yasash
Tayanch tushunchalar
: rasm, loy, applikatsiya, tahlil, sintez, taqqoslash, estetik
sezgi, badiiy ijod, ekskursiya, qog‘oz, mel, bo‘yoqlar, mazmunli-rolli,
dramalashtirish, didaktik.
117
O‘SIMLIK BARGLARI VA URUG‘LARIDAN APPLIKATSIYa
O‘simliklarni quritib olish.
O‘simliklarni to‘plash va quritib olishda gazeta,
gerbariy papkasi, qaychi, paxta bo‘lishi kerak. O‘simliklarning gullari,
barglari,
poyasi va shu kabilarni to‘plash maqsadida ekskursiyaga chiqilganda bir juft
gazeta, qaychi bo‘lishi shart. Gazeta daftarsimon taxlanib, orasiga materiallar tartib
bilan joylanadi. Gullarni qo‘l bilan sindirib olib bo‘lmaydi, aks holda‚ poyasi
zararlanishi mumkin. Quritib olishga mo‘ljallangan o‘simliklar har qanday namlik
(yomg‘ir yoki shudring) dan xoli bo‘lishi kerak, aks holda‚ o‘simlik quritilganda
unda dog‘larning izi qoladi. Quritilayotgan o‘simliklarda
tabiiy rangni asrab
qolishning eng muhim sharti ularni shamol o‘tib turadigan joyda, yelvizakda,
quyosh nurida tez suritib olishdir. O‘simliklarni quritish 3
sutkadan ortiq davom
etmasligi kerak. Turli o‘simliklarni to‘plashni o‘z muddatlari bo‘ladi.
Tabiiy materiallarni to‘plash avvalo insonni oldiga qo‘ygan maqsadiga
bog‘liq bo‘ladi. Masalan: barglarni,
gullarni, urug‘larni to‘plab, keyin ulardan
nimani va qanday ishni bajarishni aniqlab olishlari lozim.
Dostları ilə paylaş: