134
buklaymiz va tuxum po‘chog‘ini plastilin bilan qo‘yilgan joy atrofiga yelimlaymiz,
bu masxarabozning yoqasi bo‘ladi. Endi yarim doira shaklida qog‘oz olib, 6sm li
undan konus shaklini hosil qilish mobaynisida 1sm li gugurt cho‘piga 12sm li ipni
ikki buklab bog‘lab tuxum po‘chog‘ining teshikchasi
ichiga joylashtiramiz, uni
atrofidan doirasini
konus qilib yelimlasak, ilgich hosil bo‘ladi. Rangli qog‘ozdan
masxarabozning ko‘zi, qoshi, og‘zini qirqib yelimlaymiz.
Shu bilan masxaraboz
o‘yinchog‘i tayyor bo‘ladi.
Tuxum po‘chog‘idan turli xil qushlarni ham yasash mumkin
135
Jun iplaridan bajariladigan applikatsiyalar
uchun esa rangli qog‘oz (fon
uchun)‚ eski to‘qilgan kiyimlarning iplari, jun iplar, rangli kitobchalar PVA yelimi,
qaychi,
qora flomaster, kalka qog‘oz, qora qalam bo‘lishi zarur.
Eski keraksiz
kiyimlarning iplarini qaychi bilan maydalab qirqishda bolalar ham ishtirok etsalar
buladi. Ular ertak qahramonlarni yoki mazmunli mavzuda tanlangan tasvirda kerak
bo‘ladigan ranglarni iplardan tanlashga va alohida iplarga maydalab qirqib solishga
yordam berishlari mumkin. Navbat tanlangan tasvirni rangli qog‘ozga
kalka
qog‘oz orqali qora qalamda tushirib olishga. Fon tanlashda
iloji boricha ochiq
ranglardan foydalaniladi. Tasvir tushirib oldingach, qora flomaster ustidan yurgizib
chiqiladi va PVA yelimi surtilib jun iplarning rangini o‘z
joyiga moslab bostirib
chiqiladi. Yelim qalinroq surtilsa, jun iplar yaxshiroq yopishadi.
Dostları ilə paylaş: