Tuxum po‘chog‘idan buyum yasash. Tuxum po‘choqlaridan bajariladigan
applikatsiya ishi uchun kerakli jihozlar: rangli, ertakli kitobchalar, oq qog‘oz yoki
rangli qog‘oz, kalaka (xitoy qog‘oz), PVA yelimi, tozalab yuvib kuritilgan tuxum
po‘chog‘i, akvarel bo‘yoq, qora qalam, qara flomaster, rangsiz lak (PF-284).
Tuxum po‘chog‘idan buyum yasash uchun tuxum po‘chog‘ini maydalangan va
butun holda saklash mumkin. Tuxum po‘chog‘ini butun asrash uchun tuxumning
ikki uchi teshiladi va uning ichidagilari puflab chiqariladi. Buning natijasida ichi
bo‘sh tuxum po‘chog‘iga ega bo‘linadi. Bunday tuxum po‘chog‘i sinuvchan
bo‘lganligi uchun qutichalarda saqlash kerak. Butun tuxum po‘chog‘i va tuxum
po‘chog‘ining maydalanganidan buyum tayyorlash mumkin. Masalan: kaptar,
baliq, masxaraboz, kemacha, jo‘ja va archa o‘yinchoqlari. Avvalo tuxum
po‘chog‘ini yuvib, quritib, xovonchada maydalanadi. Juda kukun bo‘lib ketmasligi
kerak. So‘ngra rangli fonga tasvirni kalka qog‘ozi yordamida qora qalamda
tushirib olinadi va ustidan qora flomaster bilan tasvir ustidan yurgizib chizib
chiqiladi, uning ketidan PVA yelimi surtiladi. Jarayonda tezlik bilan ishlash talab
qilinadi. Sababi yelim qotib qolmasligi kerak. Surtilgan yelim ustidan
maydalangan tuxum po‘chog‘ini qo‘lda sepib, gazeta bilan bosib chiqiladi.
Yopishgan tuxum po‘chog‘i tasvirda qoladi. Yopishmagani to‘kiladi. Shundan
keyin bo‘yash ishini boshlash mumkin. Tasvirni rangli kitobchadagi tasvir rangiga
qarab akvarel bo‘yoqda bo‘yaladi. Bo‘yoqni iloji boricha suvga nisbatan ko‘proq
ishlatish lozim. Bitta bir xil rangga bo‘yab quritib, ikkinchi rangni bo‘yashga
kirishiladi. Bo‘yoq qurigach rangsiz lakda laklab chiqiladi. Shunda tuxum
po‘chog‘i yaxshi yopishadi va yaltirab turadi.
Tuxum po‘chog‘idan «Cichqoncha» buyum yasash. Kerakli ashyolar: tuxum po‘chog‘i, pushti rangdagi qog‘oz yoki shu rangdagi
mato, plastilin, PVA yelimi,qaychi, mo‘yqalam , flomaster va qalam.
Bajarish usuli: shablon asosida sichqonchaning qulog‘ini ikki buklangan qog‘oz
yoki matodan qirqasiz, quloqlarini o‘rtasidan qirqib bir-biriga yelimlaysiz va
ozgina buklab, tuxumga yelimlanadi. Ingichka kesma qog‘oz qirqiladi, bu
133
mo‘ylovi uchun. Flamaster yordamida ko‘zi, og‘zi, mo‘ylovlarini chiziladi.
Qulog‘i va dumi yelimlanadi. Plastilindan kichkina dumaloq qilib tuxumning
uchiga yopishtiriladi (bu burni). Ustidan yelim surtib qo‘yiladi.