123
barglar oldindan tayyorlab qo‘yilgan daftar varaqlari orasiga qo‘yiladi. Shundan
keyin bolalarga barglarning mehnat mashgulotlarigacha rangini yo‘qotmasligi,
buralib ketmasligi uchun qanday ishlov berish kerakligi tushuntiriladi. Har bir
ekskursiyada bolalarning e’tibori insonning yaratuvchilik
mehnatiga albatta jalb
etilishi kerak, Ekskursiya oxirida unga yakun yasaladi, ekskursiyada egallangan
bilimlar umumlashtiriladi. Bundan tashqari, bolalarga kapalak va ninachilar tasviri
tushirilgan rasmlarni ko‘rish, ularning tanasi va qanotlarining shakli, rangi
qandayligiga alohida e’tibor berish topshiriladi.
Bunday
uyushtirilgan
ekskursiyadan
keyingi
mashgulotda
bolalar
applikatsiyalarni zo‘r ishtiyoq
bilan namoyish qiladilar, agarda applikatsiyani o‘z
istaklariga ko‘ra, o‘zlari to‘plagan materiallardan mustaqil yasash topshirilsa,
qiziqishlari yanada ortadi. Bunday mashgulot quyidagi sxemaga ega bo‘lishi
mumkin:
1. Mashg‘ulot mavzusi va maqsadini aytish.
2. O‘tkazilgan ekskursiya bo‘yicha suhbat quyidagicha bo‘ladi:
a) ekskursiyada qaerda bo‘ldik?
b) qanday daraxtlarni ko‘rdik, ularning nomi qanday?
v) ularning barglarining shakli bir xilmi?
g) qanday hasharotlarni ko‘rdik?
3. Namuna tahlili:
a) kapalak qanday qismlardan tashkil topgan?
b) uning qismlari qanday joylashgan?
v) uni tasvirlashda qaysi daraxtlar barglaridan foydalanilgan?
4. Ishni bajarish tartibini aniqlash:
124
a) kapalakning ayrim qismlari (tanasi, qanotlari)ning joylashishini tasvirlash;
b) kapalakning tanasi va qanotlari uchun shakli hamda o‘lchamlari bir xil bo‘lgan
barglarli topish;
v) ularni qog‘ozda joylashtirish;
g) ishni amaliy bajarish.
5. Tarbiyachining ishni bajarish usullari haqidagi tushuntirishlari.
6. Applikatsiyani bajarish bo‘yicha mustaqil ish:
a) kapalakning ayrim qismlarini qog‘ozda to‘g‘ri tasvirlash;
b) shakl, o‘lcham va bo‘yoqlarini to‘gri tanlash;
v) yelimlash ishlarini tartibli bajarish;
g) kapalakning ko‘z va mo‘ylarini to‘g‘ri tasvirlash;
d) ish bajarilgan qog‘ozning orqasida barglaridan foydalanilgan daraxtlarning
nomlarini yozish;
7. Ishni baholash.
Ijodiy xarakterdagi ishlar. Masalan: «Baliqlardan kompozitsiya tuzish».
Tarbiyachi umumiy vazifa beradi, bolalar esa‚ tarbiyachi namunasi asosida o‘z
variantlarini izlaydilar.
Tarbiyachi doskaga baliq rasmi tasvirlangan plakatni osib qo‘yib, bolalar
bilan
birgalikda baliq tanasi, baliqning boshi, qanotlari, dumining shakli tahlil
qilinadi. Baliq turiga ko‘ra uning tanasi, qanot va dumlari har xil bo‘lishi
mumkinligi
aniqlanadi, shuning uchun bu ishda turli tabiiy materiallardan
foydalanish mumkin bo‘ladi. Shundan so‘ng ishni bajarish tartibi aniqlanadi.
Avval baliq qismlari uchun material tanlash, uning umumiy tarhini chizish kerak.
Shundan keyin qaysi detalning qanday tartibda yelimlanishini, detallarning
125
joylarini aniqlash va so‘ngra ishga kirishish lozim. Bunday yumushlar
bajarilayotgan ishga ijodiy yondoshishni o‘stirishga yordam beradi. Mashg‘ulotga
yakun yasash va bajarilgan ishni baholashda tarbiyachi
foydalanilgan materiallar
nomini so‘raydi.
Bu tabiiy materiallar bilan ishlash mashg‘ulotining taxminiy tuzilishidir.
Quyida jo‘xori so‘tasi‚ eman daraxti mevasi‚ kashtan mevasi‚ qush patlari‚
archa daraxti mevasi‚ namatak mevasidan tayyorlangan o‘yinchoq namunalari
ishlangan:
Tabiiy materiallardan
Dostları ilə paylaş: