115
Bosma rasmlardan yoki ustalik bilan tanlangan alohida rasmlardan maketlar
tayyorlash qiziqarli ishdir. Mazmunni o‘ylab bir varaq olinadi, uni ikkiga buklab,
so‘ng ochiladi. Uning oxiriga yirikroq rasm yoki fon xizmatini o‘tovchi rasm
yopishtiriladi. Pastdan polosa buklanib, undan burchak qirqiladi. Endi fonni
shunday yelimlash kerakki‚ burchak asos varaqlar bukiladigan joyiga to‘g‘ri
kelsin. Taxlash oson bo‘lishi uchun to‘g‘ri chiziq bo‘ylab emas‚ bir oz burchak
qilib yelimlanadi.
Shundan so‘ng manzara yoki biror harakatni ifodalovchi detallarni qatorma-
qator yopishtirish mumkin, biroq asosning old chetiga yaqinlashgan sari
yopishtiriladigan shakllar balandligi kamayib borishi kerakligini unutmaslik kerak.
Dostları ilə paylaş: