Xasanova Sh. T bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish


Qog‘oz bo‘laklaridan sabzavot va mevalar, tarvuz



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/92
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177824
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   92
Болаларни саҳналаштириш ва ижодий фаолиятга ўргатиш ўқув қўлланма

Qog‘oz bo‘laklaridan sabzavot va mevalar, tarvuz 
-
 qovunlar yasash 
Tarvuz yasash uchun oddiy havo pufagini olamiz-da uni puflab, dumaloq 
shakl hosil qilamiz. Havo pufagining sirtiga suvda namlangan qog‘oz bo‘laklarini 
bir tekis joylashtirib chiqamiz. Ustidan PVA yelimini surtib suv shimadigan 
qog‘oz bo‘laklarini yelimlaymiz. Qog‘oz bo‘laklari ikki xil qog‘ozdan yirtib 
tayyorlanadi. Navbatma-navbat u yoki bu rangdagi qog‘oz yelimlanadi. Avvalo bir 
qavat suv shimadigan qavatidan oq qog‘oz va shu tariqa qavatma-qavat 
yelimlanadi. Ustki qavati tekis bo‘lishi uchun bo‘r maydalanib yelim bilan 
aralashtiriladi-da surtilib chiziladi: qurigandan so‘ng kerakli bo‘yoqqa bo‘yaladi. 
Masalan: tarvuzni yashil rangga, qovunni esa sariq rangga va h.k. 
Tayyorlash texnologiyasi. 
Kerakli ashyolar: 
1.
Emulsiya bo‘yog‘i. 
2.
Sof tuproqdan tayyorlangan loy. 
3.
Gazeta bo‘laklari. 
4.
Suv, un (kleyster tayyorlash uchun). 
5.
Oq qog‘oz. 
6.
Qora duxoba, ozgina oq chit, har xil matolar. 
7.
“PVA” va “Moment” kleylari. 
8.
Bo‘yi 40 sm, eni 2 sm yog‘och. 
9.
Temirli pivo idishi, mix. 
10.
Mochalka (gubka). 


105 
11. Guash, bo‘yoq‚ mo‘yqalam. 
12.
Leska, mayda qum qog‘oz. 
Avval qo‘g‘irchoqning boshini yasaymiz. Buning uchun bizga loy kerak 
bo‘ladi. Loydan yasalgan kallani bosh tarafidan pastga qaratib quloqlarining 
o‘rtasidan leska bilan bo‘lib olamiz. Shunda kallaning yuz qismi va orqa qismi 
paydo bo‘ladi. Silliq faner ustiga yuz tarafini qo‘yamiz. Alohida idishda alebastrni 
suv bilan aralashtirib tayyorlab olamiz. Loydan yasalgan yuz qismiga ozgina yog‘ 
surtamiz va tayyorlangan alebastrni quyib qolipni tayyorlaymiz va ochiq havoda 
quritamiz. Loyning orqa tarafini ham shu yo‘l bilan tayyorlab olamiz. Alebastr 
qotganda so‘ng ichidagi loyni olib tashlaymiz va qolip ichiga pape-mashe qilib bir 
necha kavat kogoz yopishtiramiz. Qog‘ozni qolip ichiga yelimlashda oq qog‘ozdan 
bir necha bo‘lak yelimlaymiz, chunki bosh qismning usti oq rangda bo‘lishi, keyin 
esa unga tana rangi berilishini hisobga olish kerak. Oldin suv va undan kleyster 
tayyorlab olamiz. Qolipimiz ichiga 4 qoplam suv bilan qog‘oz bo‘laklarini, so‘ng 
kleyster bilan gazeta bo‘laklarini yopishtiramiz. Kleyster orqali 6 qoplam hosil 
qilamiz va ochiq havoga bir kunga qo‘yib qo‘yamiz. Orqa tarafini ham shunday 
qilamiz. Endi qurigan qolipdagi niqobni olib ustidagi keraksiz qog‘ozlarni yirtib 
tashlanadi. Niqobning chetiga «Moment» kleydan surtib‚ orqa va oldi qismi 


106 
yopishtiriladi. Qurigandan so‘ng bir-biriga yopishtirilgan joyiga lenta qilib kesib 
olingan chitni «PVA» yelimi bilan yopishtiriladi. Kallaning hamma joyini oq 
qog‘oz va kleyster bilan 2 qatlam pape-mashe qilinadi. Hosil bo‘lgan kalla 
qurigandan so‘ng dahanning pastki tarafidan qaychi yoki bigiz orqali teshiladi va 
oldindan tayyorlangan yog‘ochni (40sm) tiqib, kallaning tepa qismidan qoqib 
mahkamlanadi va ustidan yana bir marta qog‘oz bilan pape-mashe qilinadi. Tayyor 
bo‘lgan kallani bo‘yash uchun idishga bo‘yoq tayyorlaymiz. Idishga suv, ohak, 
PVA yelimi solib, yaxshilab aralashtiriladi va qizil, sariq guashdan solinadi. 
Bo‘yoqni odam tanasining rangiga o‘xshatishga harakat qilamiz. Kalla mayda qum 
qog‘oz orqali silliqlanadi va tayyorlangan bo‘yoq bilan bosh qism gubkada 
bo‘yaladi. Bir xil qilib bo‘yashga harakat qilinadi. Buyoq ikki-uch marta beriladi. 
Bo‘yoq qurigandan so‘ng guash orqali qo‘g‘irchoqning ko‘zi, qoshi va boshqa yuz 
qismlari chiziladi. So‘ng qora duxoba yoqi qora matodan soch tayyorlaymiz va 
kallaning bosh qismiga yelimlaymiz. Shunday qilib qo‘g‘irchog‘imizning kallasi 
tayyor bo‘ladi. 
Qolgan qismini tayyorlash uchun andoza orqali qo‘g‘irchoq tanasini oq 
chitdan kesib, tikib olamiz. Tanasidagi ko‘krak qismiga gubkadan yarim doira 
shaklida kesiladi va tikiladi. Yeng qismiga qo‘lini tayyor andoza orqali kesib, tikib 
olinadi va yeng qismiga mahkamlanadi. Tayyor andozadan ko‘ylaklar tikib, 
kiygiziladi. Bosh qismiga tayyorlangan bo‘yoq bilan qo‘l, oyoq va bo‘yin qismlari 
bo‘yaladi. Qotgandan so‘ng «PVA» yelimi bilan yog‘ochga yopishtirib qotiriladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin