HARAKATLI O‘YINChOQ TAYYoRLASh Ishni boshlashdan oldin tayyorlanadigan predmetning qoralamasini tanlanadi
va uning detallari qanday geometrik shakllarda bo‘lishi yoki bitta o‘lcham bilan
ifodalash mumkinligini aniqlanadi. So‘ngra instruksion karta tuziladi. Agarda ishni
bolalar bajarsalar reja ham tuziladi.
1. Buyum namunasi yoki uning rasmini taxlil qilish.
2. Predmet qanday qismlarga ega? Umumiy o‘lchamini chizish mumkinmi?
3. Butun predmet va uning qismlari shakli (kublar, piramidalar, silindrlar),
o‘lchamlarining o‘zaro nisbatini aniqlash.
4. Detallarni yaratish usullarini ko‘rib chiqish.
5. Asl ko‘rinishini chizish.
6. Detallarni biriktirish.
7. Buyumni bezash.
Harakatli o‘yinchoqlarni biriktirish usullari. Quvnoq raqqoslar. Raqqoslar kartondan tayyorlanadi. Oyoq, qo‘llari aloxida
qirqiladi. Ba’zan oyoq va qo‘llar harakat ko‘proq bo‘lishi uchun ikki qismdan
iborat bo‘ladi, tanani bosh bilan birga qirqib olinadi. So‘ngra unga oyoq va qo‘l
o‘rnatiladi, figura orqasidan ingichka, biroq pishiq sim bilan bog‘lanadi. Bu bilan
raqqos ushlab turiladi. Raqqoslar shodligi uchun maxsus sahna-orqa devorida
ingichka yotiq teshikli estrada kerak. Sahna kartondan tayyorlanib, stolcha
mixtugma bilan mustahkamlanadi. Yon tomonlariga keng shitlar qo‘yiladi. Shitlar
orqasiga shakllar qo‘yilib, teshik orqali sim o‘tkaziladi va raqqosni saxnadagi raqs
harakati bilan boshqariladi.
112
Harakatlanuvchi figuralar-dergulchiklar ham shu prinsipda tayyorlandi, faqat
orqa tomonda qo‘l va oyoqlar juftlab o‘zaro yondosh tarzda tik ip bilan
birlashtirilgan, uni pastki tortilganda qo‘l va oyoqlar yuqoriga harakatlanadi va
oyoqlar oldingi holatiga qaytadi. Ayrim detallar o‘zaro, qo‘l va oyoqlar tanaga ikki
xil usulda tayyorlanuvchi sharnirlar bilan biriktiriladi. Sharnirlar simdan
tayyorlanadi. Bir detalni ikkinchisi bilan ko‘rsatilgan joyda biriktirib, bigiz bilan
ingichka sim va nina sig‘adigan teshik teshiladi. Ninaga avval figuraning bir
tomonidan, so‘ngra ikkinchi tomonidan sim o‘raladi, natijada prujina hosil bo‘ladi
(simni ko‘p o‘ramaslik kerak). Prujina ikki tomondan siqiladi, bunday sharnirdagi
detallar yaxshi harakat qiladi. Prujina ustiga qog‘oz yopishtiriladi. Sharnirlarni
yo‘g‘on ip va gugurt cho‘pi yordamida ham qilish mumkin, biroq uzoq chidamay
uzilib ketadi, shuning uchun ularni ma’lum vaqtdan keyin almashtirish kerak
bo‘ladi. Yassi klapan biriktirish bilan qiziqarli o‘yinchoqlar yasash mumkin.
Harakatli «Ayiqcha» o‘yinchog‘ini qismlarini biriktirish sxemasi
113
Quyida sizga harakatlanadigan o‘yinchoqlarni yasalish yo‘lini ko‘rsatuvchi
namunalarni beramiz. Bunday o‘yinchoqlarni yana qanday usuldabajarish
mumkinligi haqida o‘ylab ko‘ring.