Xasanova Sh. T bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/92
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#177824
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   92
Болаларни саҳналаштириш ва ижодий фаолиятга ўргатиш ўқув қўлланма

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


129 
Tabiiy materialdan mozaika ishlari.
Mozaika monumental dekorativ 
san’at turlaridan biridir. Turli davrlarda va turli mamlakatlarda mozaika 
qo‘llaniladigan materiallariga ko‘ra ham, naqshi va rasmlariga ko‘ra ham o‘ziga 
xos xususiyatlarga ega bo‘lgan. O‘rta Osiyoda madrasalar, machitlar, 
xukmdorlarning saroylari mozaika bilan bezatilgan. Mozaika bilan binolarning 
tashqi qismlari, interer devorlari va xalq amaliy san’ati asarlari bezatiladi. Mozaika 
ishlarida oyna sopol plitalardan foydalaniladi. Laosda rangli ko‘zgu parchalaridan 
ajoyib mozaika asarlari yaratiladi, ular quyoshda bir-biriga qo‘shilib va porlab, 
shodlik kayfiyatini yaratadi. 
Mozayka bu rasm sathiga ayrim-
ayrim parchalar (qog‘oz, oyna, sopol 
plita, gul tojibarglari, urug‘, tuxum po‘sti 
va shu kabilar) qo‘yib chiqishdir. Tuxum 
po‘stidan mozayka ishlarini bajarish 
uchun tuxum po‘sti kerakli ranglarga 
bo‘yaladi. Yuvib quritilgan tuxum po‘sti 
mo‘yqalam yordadida akvarel bo‘yoqlar bilan bo‘yaladi. Buyoq qurigandan keyin 
po‘stni tanlangan rasmga ko‘ra mayda va yirik 
bo‘laklarga 
bo‘linadi. 
Tuxum 
po‘stidan 
applikatsiya qilishda shunday tasvirlarni tanlash 
kerakki, ularning konturlari mumkin qadar tekis va 
mayda egri-bugrilari bo‘lmasligi kerak. Kontur 
qora qog‘oz orqali o‘tkaziladi yoki shablbndan 
aylantirib chiziladi. Avval rasm sathining bir 
qismiga yelim surtiladi. U yerga tuxum po‘sti terib 
chiqiladi, keyin ikkinchi qismiga ham ish shu 
tartibda davom ettiriladi. Ortiqcha yelim toza latta 
bilan artib tashlanadi, po‘st yaxshiroq yopishishi 
uchun ustidan sekin bosib qo‘yiladi. Bunday ish 


130 
odatda eng oddiy konturlardan boshlanadi. Turli meva va sabzavot, poliz 
ekinlarining urug‘lari, danak, baliq tangalari, chig‘anoq, mayda toshlar bilan 
xilma-xil applikatsiya ishlarini bajarish mumkin. Ayni bir ishda xilma-xil 
materialdan foydalanish mumkin.
Quyida tuxum po‘chog‘idan applikatsiya ishlari namunalari ko‘rsatilgan: 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   92




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin