Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə190/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

O‘n ikki barmoq ichak
(duodenum)
 
ingichka ichakning bosh-
lan g‘ich qismi bo‘lib, uning uzunligi tirik odamda 17–21 sm, 
murdada 25–30 sm, ko‘proq taqa, kamroq halqa shaklida bo‘la-
di (115-rasm). 
114-rasm. Oshqozon
yarasi.


221
115-rasm. O‘n ikki barmoq ichak va
oshqozon osti bezi:
1–yuqorigi qismi; 2–oshqozon osti bezi-
ning qo‘shimcha nayi; 3–oshqozon osti be-
zi; 4–oshqozon osti bezining nayi; 5–o‘n 
ikki barmoq ichak bilan och ichak orasidagi 
bukilma; 6–ko‘tariluvchi qismi; 7–gorizon-
tal qism; 8–o‘n ikki barmoq ichakning kat-
ta so‘rg‘ichi; 9–o‘n ikki barmoq ichakning 
bo‘ylama burmasi; 10–o‘n ikki barmoq ichakning kichik so‘rg‘ichi;
11–tushuvchi qismi.
O‘n ikki barmoq ichak qorin bo‘shlig‘ining orqa devorida I–III 
bel umurtqalari sohasida oshqozon osti bezi boshini o‘ragan holat-
da joylashadi.
Unda to‘rt: yuqorigi, tushuvchi, gorizontal va ko‘tariluvchi 
qism lari tafovut qilinadi.
Yuqorigi qismi
 
oshqozonning chiqish qismidan boshlanib, 
uzunligi 4–5 sm o‘ngga, biroz orqaga va yuqori tomonga yo‘na-
lib, o‘n ikki barmoq ichakning ustki bukilmasini hosil qilib, tu-
shuvchi qismiga o‘tadi. Tu shuvchi qismining uzunligi 8–10 sm. U 
I bel umurtqasi sohasida boshlanib, pastga tomon tushadi va III
 
bel umurtqasi sohasida chapga burilib, o‘n ikki barmoq ichakning 
pastki bukilmasini
 
hosil qilib gorizontal qismiga o‘tadi. Gorizon-
tal qismi
 
o‘n ikki barmoq ichakning pastki bukilmasidan chapga 
tomon yo‘nalib III bel umurt qasi tanasi sohasida yuqoriga ko‘ta-
rilib, ko‘tariluvchi qismiga davom etadi. Ko‘tariluvchi qismi II 
bel umurtqasi tanasining chap chekkasi sohasida o‘n ikki barmoq 
ichak bilan och ichak orasidagi bukilma hosil qilib och ichakka 
o‘tib ketadi. O‘n ikki barmoq ichakni qorin parda boshlanish va 
oxirgi qismlari har tomondan 
о
‘rasa, qolgan qism lari qorinparda 
orqasida yotadi. O‘n ikki barmoq ichakning shilliq pardasida hal-
qasimon burmalar

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin