Anatomiya 2014. indd



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə310/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Tashqi uyqu arteriyasi
(a.carotis externa)
 
umumiy uyqu arte-
riyasidan chiqqandan so‘ng (160-rasm), ichki uyqu arteriyasining 
medial tomonidan yuqoriga ko‘tarilib uyqu uchburchagiga bora-
di. Bigizsimon-til osti va ikki qorinli mushakning medial tomo-
nidan ko‘tarilib, pastki jag‘ suyagi bo‘yni sohasida o‘zining oxir-
gi tar moqlari: chakkaning yuza arteriyasi va ustki jag‘ arteriyasiga 


369
bo‘linadi. Tashqi uyqu arteriyasidan 9 ta tarmoq uch guruh bo‘lib 
chiqadi. Uning oldingi guruh tarmoqlariga ustki qalqonsimon bez, 
til va yuz arteriyalari kiradi.
1. Ustki qalqonsimon bez arteriyasi tashqi uyqu arteriyasi-
ning bosh lanish sohasidan chiqib, oldinga va pastga yo‘naladi va 
pastki qalqonsimon bez arteriyasi bilan anastomozlashadi. U qal-
qonsimon bezni, hiqildoqni shilliq pardasi va mushaklarini, til 
osti suyagi va to‘sh-o‘mrov-so‘rg‘ichsimon mushakni qon bilan 
ta’minlaydi.
2. Til arteriyasi tashqi uyqu arteriyasidan til osti suyagi katta 
shoxlari sohasida boshlanib, pastga tilga tomon yo‘naladi. U til 
mu shaklari va shilliq pardasini, til osti suyagini
 
va til osti so‘lak 
bezini qon bilan ta’minlaydi.
Yuz arteriyasi
 
til arteriyasidan 3–5 mm yuqoriroq, pastki jag‘ 
burchagi sohasidan boshlanadi. Pastki jag‘ suyagi qirrasini ayla-
nib o‘tib yuzga chiqadi, yuqori va oldinga yo‘nalib og‘iz burcha-
giga boradi. Yum shoq tanglay, tanglay murtagi, engak va bo‘yin-
ning til osti suyagi ustidagi mushaklari, jag‘ osti so‘lak beziga tar-
moq bergach, yuz arteriyasi ko‘zning medial burchagiga ko‘tari-
lib, burchak arteriyasi
 
nomi bilan ko‘z arteriyasining tarmog‘i bu-
running orqa arteriyasi bilan anastomoz hosil qiladi.
Tashqi uyqu arteriyasining orqa guruh tarmoqlari:
1. Ensa arteriyasi
 
yuz arteriyasi bilan bir sohadan boshlanadi. 
Orqa tomonga chakka suyagining o‘z nomidagi egatida yo‘nalib 
ensa terisini, so‘rg‘ichsimon o‘simtani

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin