Anatomiya 2014. indd


Oyoqning katta teri osti venasi



Yüklə 3,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə331/431
tarix14.12.2023
ölçüsü3,69 Mb.
#178072
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   431
anatomiya fiziologiya va patologiya

Oyoqning katta teri osti venasi
(v. saphena magna) medial to‘-
piq ning old tomonidan boshlanadi (173-rasm). U oyoq panjasining 
kaft tomonidan keluvchi oqimlarni qabul qilganidan so‘ng boldir-
ning medial yuzasi bo‘ylab teri osti nervi bilan yuqoriga ko‘tariladi. 
U sonning oldingi medial yuzasi bo‘ylab ko‘tarilib, teri osti tirqishi-
ga boradi va son venasiga quyiladi. Yo‘l-yo‘lakay oyoqning katta te-
ri osti venasiga boldir va sonning medial va oldingi yuzalaridan qon 
yig‘uvchi teri osti venalari quyiladi. Bundan tashqari oyoqning kat-
ta teri osti venasi son venasiga quyilishidan oldin unga tashqi tano-
sil a’zolar va qorinning oldingi devoridan qon yig‘uvchi teri osti ve-
nalari quyiladi.
Oyoqning kichik teri osti venasi
(v. saphena parva) oyoq pan-
jasining lateral chetidan boshlanadi. U oyoq panjasining kaft yu-
zasi va tovon sohasi teri osti vena laridan boshlanib, lateral to‘piq-
ning orqasidan yuqoriga ko‘tarilib, boldirning orqa lateral yuza-
sidan keluvchi oqimlarni qabul qiladi. Boldirning orqa yuzasida 
boldir mushagining ichki va tashqi boshchalari o‘rtasidagi egat-
da joylashib, taqim osti chuqurchasiga kiradi va taqim venasiga 
quyiladi.
Oyoqning chuqur venalari oyoq panjasi va boldirda 
ikkitadan bo‘ib, o‘z nomidagi arteriyalar bilan yo‘na-
ladi va shu arteriyalar tarmoqlangan sohalardan qon 
yig‘adi. Oldingi va orqa katta boldir venalari taqim os-
ti chuqurchasida qo‘shilib taqim venasini hosil qiladi, 
173-rasm. Boldirning oldingi-medial yuzasi
yuza venalari:
1–oyoqning katta teri osti venasi; 2–oyoq panjasining
ustki vena ravog‘i; 3–oyoq panjasining ustki venalari;
4–oyoq panjasining ustki vena to‘ri; 5–teri osti vena to‘ri.


390
u esa son arteriyasidan medial joylashgan son venasiga davom eta-
di. Son venasi chov boylami ostidan o‘tib tashqi yonbosh venaga 
davom etadi.

Yüklə 3,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   327   328   329   330   331   332   333   334   ...   431




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin