387
Qo‘lning lateral teri osti venasi
(v.cephalica) kaftning orqa ve-
na to‘rining bilak tomonidan birinchi dorsal kaft venasidan bosh-
lanadi. U bilak oldingi yuzasining lateral tomoni bo‘ylab ko‘ta-
rilib, ko‘plab teri osti venalarini qabul qilib tirsak chuqurchasiga
yo‘naladi. Bu yerda medial teri osti venasi
bilan anastomoz hosil
qilganidan so‘ng yelkaga yo‘nalib, qo‘ltiq osti venasiga quyiladi.
Qo‘lning medial teri osti venasi
(v. basilica)
to‘rtinchi dorsal
kaft venasining davomi bo‘lib, bilakning medial tomonidan yu-
qoriga ko‘tariladi. Tirsak chuqurchasida
anastomoz hosil qilga-
nidan so‘ng yelkaning pastki qismida yelka venasiga quyiladi.
Tirsakning oraliq venasi
(v. mediana cubiti)
tirsakning oldingi
yuza sida teri ostida yotadi (171-rasm). U qo‘lning lateral teri osti
venasidan qo‘lning medial teri osti venasiga qarab qiya yo‘nalgan.
Bulardan tashqari bilakning oldingi yuzasida
bilakning oraliq ve-
nasi
joylashadi. Bu vena tirsakning oraliq venasiga quyiladi.
Qo‘lning chuqur venalari o‘z nomidagi arteriyalar yonida ik-
kitadan hamroh venalar bo‘lib joylashadi. Qo‘l kaftining kaft yu-
zasida arteriyalarni kuzatuvchi venalar yuzaki va chuqur vena ra-
voqlarini hosil qiladilar. Bu ikkala vena
ravoqlaridan juft bilak va
tirsak venalari hosil bo‘ladi. Ular o‘z nomidagi arteriyalar bilan
yo‘nalib, o‘zaro qo‘shiladi va juft yelka venasini
hosil qiladi. Bu
venalar qo‘ltiq osti chuqurchasiga yetmasdan qo‘shilib, toq qo‘ltiq
osti venasini hosil qiladi. Qo‘ltiq osti venasi I qovurg‘aning tash-
qi qirrasigacha davom etib, o‘mrov osti venasiga o‘tadi. Qo‘lning
chuqur venalarining oqim lari o‘z nomidagi
arteriya tarmoqlariga
mos ravishda joylashadi va ular tarqalgan sohalardan qon yig‘adi.
Dostları ilə paylaş: