Arab grafikasida bitilgan turkiy, qo‗lyozmalarning eng qadimiysi XI asrga
mansub bo‗lib, u Yusuf Xos Xojibning «Qutadg‗u bilig» asaridir. U 1069-1070
(462 xijriy) da yozilgan. Uning bizgacha yetib kelgan eng qadimiy qo‗lyozmasi
XIII asrda bitilgan. Undan keyingi qo‗lyozma Mahmud Qoshg‗ariyning «Devoni
lug‗otit-turk» asaridir. U 1073-1074 (466 xijriy) da yozilgan. Uning eng qadimgi
qo‗lyozmasi 1266 (664 xijriy).
Turkiy tilda eng ko‗p qo‗lyozma bitilgan davr XVIII-XIX asrdir. X-XIII
asrlarda esa ular barmoq bilan sanarli edi. Buning sababi: turkiy qo‗dyozmaning
ko‗pi yo‗qolib ketgan yoki u davrda asosan arab va fors tillaridagina qo‗lyozmalar
yaratilgan.
O‗rta Osiyodagi ilk qo‗lyozmalar Ahmad Yassaviyning «Hikmat» laridir.
(1166 yilda-562 xijriyda vafot etgan). She'riy uslubda yozilgan bu hikmatlar o‗sha
davrdayoq devon shakliga keltirilgan va turkiyzabon aholi o‗rtasida keng
tarqalgan.
Mashhur Xorazmlik faqix va filolog
olim Muhammad ibn Umar
Zamahshariy (1143 yilda-538 xijriyda vafot etgan). Xorazm shohi Otsizning
buyurtmasi bilan «Muqaddimat-ul adab» asarini yozgan. Bu asar arabcha-turkiycha
lug‗at va turkiy tilning gramatikasiga bag‗ishlangan.
Bu asar bir necha marta
ko‗chirib yozilgan. Uning eng qadimgisi 1492 yilda 989 xijriy. Buxoroda
ko‗chirilgan. Shuningdek u Samarqand va Toshkentda ham ko‗chirib yozilgan.
Qo‘llaniladigan ta‘lim texnologiyalari: dialogik yondoshuv, muammoli
ta‘lim, munozara, o‘z-o‘zini nazorat.
Dostları ilə paylaş: