Namangan davlat universiteti arxivshunoslik kafedrasi
O‘rta Osiyoga arab paleografiyasining kirib kelishi. Arablar islom dini
bilan birga Xuroson va Movaraunnaxrga o‗z yozuvlarini ham olib kirganlar. Bu
yozuv asta-sekin bu hududlarda tarqala boshlagan va Abbosiylar hukmronligining
ikkinchi asri o‗rtalarida (X asr boshlarida) Eron hududida amalda qo‗llanib turgan
pahlaviy yozuvini va O‗rta Osiyodagi yozuvlarni butunlay iste'moldan siqib
chiqargan. Arab yozuvining bunchalik tez tarqalishiga sabab, birinchidan,
muqaddas kitob hisoblangan Qur'oni karim shu yozuvda yozlgan bo‗lsa,
ikkinchidan, arab yozuvi mavjud mahalliy yozuvlarga qaraganda soddaroq va
o‗rganish qulay yozuv bo‗lgan.
Xuroson va O‗rta Osiyoning mahalliy aholisi arab yozuvini hyech bir
o‗zgarishsiz qabul qilgan, lekin bu yangi yozuvga o‗tish jarayoni ancha uzoq
davom etgan. Shuni ta'kidlash lozimki, arab tilida bor bo‗lib, mahalliy tillarda yo‗q
bo‗lgan tovushlarni bildiruvchi harflar ham mahalliy aholi tomonidan qabul
qilingan (
se, zol, xoyi huttiy, ayn, itki, izg„i, sod, zod harflari). Bu harflar
ifodalangan tovushlar fors va turkiy tillar fonetikasiga yot tovushlardir. Lekin bu
harflar qabul qilinib, ular fors va turkiy tillardagi o‗sha tovushga eng yaqin tovush
sifatida talaffuz qilingan. Mas.,
se, sod harflari
sin harfi kabi,
zol, zod, izg„i harflari
ze harfi kabi,
itqi harfi
te kabi,
hoyi huttiy harfi
hoyi havvaz kabi talaffuz qilingan.
Har holda arab yozuvi fors va turkiy tillar fonetikasi uchun mos va talabga javob
beradigan darajadagi yozuv emas edi. Chunki arab yozuvi fors va turkiy tillardagi
tovushlarning hammasini ifodalay olmas edi. Shuning uchun fors va turkiy tillarda
mavjud bo‗lgan