6- mavzu: Dunyo xalqlari epigrafikasi.
1. Yer yuzida epigrafik yodgorliklarning topilishi va o‗rganilishi.
2. Dunyo xalqlari epigrafikasining tavsifi.
Maqsad:
Yer yuzida epigrafik yodgorliklarning topilishi va o‗rganilishi.
Dunyo xalqlari epigrafikasining tavsifi.
Yer yuzida epigrafik yodgorliklarning topilishi va o‘rganilishi.
Qadimgi Misr epigrafikasi.
Misr Yozuvi asosi e`tibori bilan ideografik xat
bo‘lib, unda har bir tushuncha muayyan tasvir belgi ieroglif bilan ifodalanadi.
―Ieroglif‖ Yunoncha so‘z bo‘lib, lug‘aviy ma`nosi
―Muqaddas belgi‖.
Misr Yozuvi sistemasida uch xil belgi ajralib turadi:
1.
Xis tuyg‘u bilan idrok etiladigan narsalarni tasvirlovchi ideogrammalar.
Bunda biror so‘zni ifodalash uchun aynan shu so‘zni
ifodalovchi buyum yoki
predmetning o‘zini rasmi chiziladi.
2.
Xis tuyg‘u bilan idrok etiladigan harakatlar.
Bunda biror harakatni
belgilarda ifodalamoq uchun aynan o‘sha harakat rasmi chiziladi. Masalan,
―uchmok‖ so‘zini
ifodalash uchun, kushning qanot
qoqib ketayotgan rasmi
chiziladi, ―yig‘lamoq‖ so‘zini ifodalash uchun, ko‘z va ko‘zdan yosh oqayotganligi
tasviri tushiriladi va xokazo.
3.
Mavxum tushunchalarni tasviriy yul bilan ifodalash. Masalan, ―keksalik‖
so‘zini ifodalash uchun, odamning xassaga suyangan
rasmidan foydalanishgan,
―topmoq‖ so‘zini ifodalash uchun
esa laylakning engashgan xolda, tumshug‘ida
qandaydir narsani ushlab turgan xolatidan foydalanilgan va xokazo.
Mavxum tushunchalarni ifodalash uchun fonetik belgilar ham qo‘llanilgan.
Eshitilishi bir-biriga o‘xshash, lekin ma`nosi har xil so‘zlar, ya`ni
omonimlar
Shunday belgilar bilan ifodalangan. Xa, bir-biriga o‘xshash,
lekin aynan bir xil
bo‘lmagan ―xol‖ (yuzdagi xol) va ―xol‖ (xol-axvoli ma`nosida) singari so‘zlar bir
xil belgi bilan ifodalangan bo‘lishi mumkin.
Yuqorida aytib o‘tilgan
Dostları ilə paylaş: