qilmoq» so‗zlarini bildirgan. «Ko‗rmoq» fe'lini bildirish uchun ikkita ko‗z surati
xizmat qilgan. «Baxillik», «ochko‗zlik» ma'nosini timsohning surati bildirgan.
Bitta oyoqning rasmi «qadam tashlamoq» ma'nosini ifodalasa, ikkita oyoqning
surati «yurmoq», «bormoq» ma'nolariga to‗g‗ri kelgan. Yozuvning bu turi
ideografiya deb ham ataladi.
3.
Bo‗g‗in yozuvi
. Eramizdan avvalgi ikkinchi ming yillikning o‗rtalarida va
birinchi ming yillikning boshlarida ilgarigi yozuvga nisbatan qulayroq va soddaroq
bo‗lgan yozuv shakllana boshlagan. Bu yozuvda so‗zlar hamda ayrim sodda
jumlalar bo‗g‗inlarni bildiruvchi belgilar yordamida ifodalangan. Shuning uchun
bu yozuv bo‗g‗in yozuvi deb ataladi. Yozuvning bu turi ilgarigi yozuvlardan
qulayroq bo‗lgan, lekin uning ham o‗ziga yarasha nuqsoni bo‗lgan. U ham bo‗lsa,
bu yozuv asosan so‗zlar bir yoki ikki bo‗g‗indangina iborat bo‗lgan tillar uchun
qulay bo‗lgan. Bunday tillarga hind tilining ayrim tarixdagi variantlari kiradi. Shu
kamchiligi bor bo‗lgani uchun bu yozuv boshqa xalqlar orasida kam tarqalgan.
4. Harfiy yozuv. Yozuvning bu turida tildagi har bir tovushga bittadan harf
yoki belgi to‗g‗ri keladi. Bu tizimdagi yozuv hyech bir istisnosiz finikiylar,
suriyaliklar va falastinliklar ijod etgan somiy yozuvga borib taqaladi. Eramizdan
avvalgi VI-IV asrlarda Qadimgi fors davlati devonxonalarida davlat ahamiyatiga
molik hujjatlar oromiy tilida olib borilgan va bunda finikiylar alifbosining oromiy
variantidan foydalanganlar. Keyinchalik vaqt o‗tishi bilan bu alifboning juda ko‗p
variantlari shakllana boshlagan. Bu variantlarning biri hozirgacha eng ko‗p xalqlar
tomonidan qo‗llanib kelayotgan arab yozuvidir va kvadrat shaklga ega bulgan
yahudiy yozuvidir. Keyinchalik eramizdan avvalgi IV-III asrlarda oromiy alifbosi
eroniy tillarda so‗zlashuvchi ko‗pgina xalqlar tomonidan ishlatib kelingan. O‗rta
fors yozuvi va Parfiya yozuvi xuddi shu tariqa paydo bo‗lgan. Bu alifbo asosida
keyinchalik so‗g‗d yozuvi, xorazmiy yozuv va boshqa yozuvlar paydo bo‗lgan.
Eramizning VII-VIII asriga kelib bu eroniy yozuvlarni arab yozuvi siqib chiqargan.
Dostları ilə paylaş: