tili ishlatilagnligi noma'lum. Lekin har holda bu jarayon Xurosonning har yer-har
yerida stixiyalik ravishda amalga oshgan bo‗lsa kerak. Bu yozuvni qo‗llashga
hukmronlarning ma'muriy-xo‗jalik ehtiyojlari ham sabab bo‗lgan bo‗lsa kerak,
chunki arab yozuvi mahalliy yozuvlarga qaraganda soddaroq, ishlatishga qulayroq
va tez yozish uchun mos yozuv bo‗lgan.
O‘ra Osiyoda arab paleografiyasining takomillashuvi bosqichlari.
Arab
harflari asosidagi fors va turkiy tillar yozuvining shakllanishi uch bosqichni o‗z
ichiga oladi:
1-bosqich. Bu yozuvning shakllanishi va
taraqqiyotining boshlanish
bosqichi. Arab yozuvi fors va turkiy tillar uchun qo‗llana boshlagan dastlabki
paytda
ayrim muammolar yuzaga chiqqan, chunki bir tilning harflari ikkinchi bir
til uchun ishlatilganda bunday muammoning yuzaga kelishi tabiiy edi. Mas., arab
tilida mavjud bo‗lgan «
al
-» aniqlik artikli yoki so‗z oxirida
uchraydigan ta marbuta
harfiga zarurat yo‗q edi. Chunki bu narsalarning o‗zi fors tilida ta marbuta ustidagi
ikki nuqta olib tashlanib, xoyi havvazga aylantirilgan
va u-e tovushini bildira
boshlagan. Yoki arab tilida mavjud bo‗lgan hamza belgisi ayrim birikmalarda
izofalikni bildirish uchun ishlatila boshlagan.
Arab yozuvining fors tiliga
moslashtirib olish IX asrda amalga oshgan.
2-bosqich. Bu bosqich arab harflari asosidagi fors va turkiy alifboning
shakllanishi va bu bilan bog‗liq holda arab yozuvida sodir bo‗lgan
ayrim sifat
o‗zgarishlari bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda mahalliy filolog olimlar mahalliy
tillarda mavjud bo‗lib, arab tilida yo‗q bo‗lgan tovushlarni yozuvda aks ettirish
uchun to‗rtta harf ijod etadilar va bu harflar
Dostları ilə paylaş: