―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

N
K
K
o
oks


Bu yerda,
oks
K

– ishlatilgan katalizatorda koks miqdori, % mas; 
o
K
– 
xomashyoda 
koksning 
chiqishi, 

mas; 
N
–katalizator sirkulyatsiyasini ko‗pligi. 

Del‘ta-koks
‖ parametri katalitik kreking qurilmasi uchun juda muhim 
hisoblanadi. U bevosita yoki bilvosita jarayonning barcha omillariga ta‘sir 
ko‗rsatadi. Shunday uning miqdori kamayishi regeneratorda koksni yoqishda 
ajraladigan issiqlik miqdorining kamayishiga olib keladi. Natijada reaktor-
regenerator blokida issiqlik balansi buziladi, natijada reaktorda harorat, 
xomashyo konversiyasi, benzin va koks chiqishi pasayadi. Bunda reaktorda 
haroratni ta‘minlash uchun katalizator sirkulyatsiyasi darajasi avtomatik 


264 
oshiriladi. Katalizatorda koksning umumiy miqdori biroz ortadi, ammo ―
del‘ta-
koks‖ 
yanada ko‗proq pasayadi. 

Del‘ta-koks
‖ miqdorining kamayishi xomashyoni tarqatish uchun 
beriladigan suv bug‗i miqdorining tezda oshirilishida, xomashyo fraksion 
tarkibining yengillashishi va uning kokslashuvida, shuningdek reaktorda 
nisbatan past haroratlarda qurilmani ishga qo‗shish va xomashyoni yuklash 
davrida sodir bo‗ladi. ―
Del‘ta-koks
‖ ko‗rsatgichining o‗sishi regenerator va 
reaktorda haroratning ortishiga olib keladi. Katalizator sirkulyatsiyasi darajasi 
avtomatik pasayadi, bunda katalizator faollligi pasayadi, benzin chiqishi 
kamayadi, ishlatilgan katalizatorda koks miqdori esa ortadi. Buning natijasida 
―del‘ta-koks‖ o‗sishda davom etadi.―
Del‘ta-koks
‖ ko‗rsatgichning oshishiga 
quyidagilar sabab bo‗lishi mumkin: 
xomashyoning 
tezda og‗irlashuvi va 
kokslashuvning o‗sishi, xomashyoni dastlabki qizdirish haroratining oshishi, 
regeneratsiyalangan katalizator oqimiga uning reaktorga kirishi oldidan 
beriladigan nordon suv (yoki suv bug‗i) miidorining kamayishi va h.k. 

Del‘ta-koks
‖ parametri konkurent ishlab chikaruvchi firmalar taklif 
etayotgan katalizatorlardan birini tanlashda foydali bulishi mumkin. 
Haqiqiy xomashyo katalizator namunalaridagi laboratoriya sinovlari 
natijalariga ko‗ra ularda koks chiqishini baholash va katalizator 
sirkulyatsiyasining maqsadga muvofiq darajasi va uning faollik darajasi haqida 
kerakli xulosalarni chiqarish mumkin. Katalizator sirkulyatsiyasi darajasining 
oshishi bilan uning reaksiyalash zonasidagi konsentratsiyasi ortadi, bu esa 
xomashyoning katalizator bilan kontaktlashish yuzasini oshiradi va uning 
pasayish faolligini sekinlashtiradi. Natijada, xomashyo konversiyasi va o‗z 
navbatida gaz, benzin va koks chiqishi ortadi (6.3- rasm), bunda yengil gazoyl 
va kub mahsuloti kamroq hosil bo‗ladi. Qayd etish kerakki, katalizator 
sirkulyatsiyasi darajasining 6,5 – 7% gacha o‗sishi bilan benzin chiqishi 
barqarorlashadi, 7 dan oshganda esa uning tarkibiga kiruvchi gaz va koks hosil 
bo‗lgan uglevodorodlar krekingi natijasida biroz pasayadi. Bundan tashqari, 
uning juda yuqori qiymatlari uning reaktor bug‗latish zonasida bo‗lish vaqtining 


265 
qisqarishiga va ishlatilgan katalizatordan uglevodorodlar bug‗lanishining 
yomonlashuviga olib keladi. Bu o‗z navbatida, regeneratorda haroratning 
oshishini keltirib chiqaradi. Aytish mumkinki, katalizator sirkulyatsiyasi darajasi 
– jarayonning kompleks omili bo‗lib, unga nafaqat mahsulot chiqishi va uning 
sifati hamda reaktorning bug‗latish zonasi va regeneratorning ish sharoiti ham 
bog‗liqdir. Xomashyo uglevodorodlari kreking reaksiyasi reaksiya aralashma 
hajmining oshishi bilan kechadi. Shu sababli, reaksiyalash zonada bosimni 
oshirish maqsadga muvofiq emas, chunki bu reaksiyalar muvozanatini dastlabki 
moddalar tomonga siljitadi. Reaktorda reaksiya mahsulotlari siklonlar, transfer 
chiziqlari, 
rektifikatsiya 
kolonnasining 
likopchalari, 
kondensator-
sovutgichlarning gidravlik qarshiligini yenga oladigan darajada bosim ta‘minlab 
turiladi. 

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin