―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik


- rasm. – Jarayonning doimiy haroratida konversiya va maqsadli mahsulot



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

6.3- rasm. – Jarayonning doimiy haroratida konversiya va maqsadli mahsulot 
chiqishining katalizator sirkulyatsiyasi darajasiga bog‗liqligi.
 
Bundan tashqari, olingan gaz holatidagi uglevodorodlar katta bo‗lmagan 
ortiqcha bosim bilan kompressorga yetib borishi kerak. Shuning uchun reaktor 
ishchi zonasidagi (ortiqcha) bosim 220 - 260 kPa (1,2-1,6 atm)ni tashkil etadi va 
rektifikatsiya kolonnasini ta‘minlash joyidan gazlarning chiqish joyida klapan-
rostlagichlar bilan kerakli qiymatda avtomatik ta‘minlab turiladi. Reaktor ishchi 


266 
zonasida bosim oshganida asosan mazutdan tashkil topgan xomashyoning to‗liq 
bug‗lanmasligi ro‗y beradi, bu esa asfalt-smolali moddalarga to‗yingan suyuq 
fazaning paydo bo‗lishiga olib keladi. Bu faza katalizator bo‗shliqlariga oson 
kirib boradi va u yerda koksga aylanadi. Natijada koks hosil bo‗lishi ortadi, 
katalizator faolligi va benzinning chiqishi kamayadi. Reaktorda bosimning 
oshishi to‗yinmagan 
uglevodorodlarning polimerlash reaksiyalarining 
tezlashishiga olib keladi, bu ham uning miqdor va sifat ko‗rsatgichlariga salbiy 
ta‘sir ko‗rsatadi. Reaktor ishchi zonasida bosimning oshishi bir qator sabablarni 
keltirib chiqaradi va ularning eng asosiylari quyidagilardir:
- uglevodorod gazlari chiqishining ko‗p miqdorda oshishi; 
-kondensator-sovutgichlarning ularga sovuq suv (havo) yetarlicha 
yetkazilmasligi yoki quvur yuzalariga tuzlarning to‗planishi sababli qoniqarsiz 
ishlashi; 
- kompressorning qoniqarsiz ishi sababli bosh fraksiyalash kolonnaning 
ta‘minlash idishidan gazlarning yetarlicha olib chiqilmasligi; 
- likopchalar klapan kesimlarining koks va korroziya mahsulotlari bilan 
to‗silib qolishi; 
- siklonlarning ortiqcha yuklanishi; 
- havoni reaktordan regeneratorga kokslangan katalizatorni olish qismiga 
havo purkovgichlarning notekis ishlashi; 
- suv bug‗ining reaktorga juda ko‗p miqdorda kiritilishi. 
Reaktorda bosimning pasayishi bilan uglevodorodlarni katalizator yuzasi 
va bo‗shliqlarida adsorbsiyalanish sharoiti yomonlashadi. Bunda xomashyo 
uglevodorodlarning va birlamchi kreking mahsulotlarining bir qismi katalizator 
bilan yomon ta‘sirlashadi. Ularni krekinglash faqatgina yuqori harorat ta‘sirida 
katalizator ishtirokisiz olib boriladi hamda bu uning o‗rtasidagi uglevodorodlar 
zanjirini parchalab to‗yingan va to‗yinmagan uglevodorodlar hosil bo‗lishiga 
sabab bo‗ladi. С
5
- С
9
uglevodorodlar zanjirining bunday parchalanishi 
tarkibida ko‗p miqdorda to‗yinmagan uglevodorodlar bo‗lgan С

– С
4
gazlarning 
ko‗p miqdorda hosil bo‗lishiga olib keladi. Bundan tashqari, bosimning 


267 
pasaytirilishi kokslangan katalizatorning reaktordan regeneratorga oqib o‗tishini 
sekinlashtiradi. Bu bir tomondan, reaktor bug‗latish zonasida katalizator qavati 
sathining oshishiga va natijada katalizatorni siklonlarga ularning ishini 
qiyinlashtirib olib chiqilishini oshirilishiga olib keladi. Boshqa tomondan, 
regeneratorga tushuvchi kokslangan katalizator miqdorining kamayishi uning 
harorat rejimini buzadi. Qayd etish kerakki, oson uchqunlanuvchi va portlash 
xavfi bo‗lgan moddalar mavjud bo‗lgan reaktorga kislorod kirishining oldini 
olish uchun reaktorda bosim regeneratorga nisbatan har doim balandroq ushlab 
turiladi. Bu apparatlar orasidagi bosimlar farqi 14-30 kPa ni tashkil etishi kerak. 
Bosimlar farqi qiymatlari ushbu chegaradan oshganida ovozli signalizator ishga 
tushadi. Umuman olganda, reaktordagi bosim jarayon natijalariga ta‘sir 
qilmaydigan omildir. Biroq uning xavfsizligini, katalizatorning barqaror 
aylanishi va mahsulotlarni reaktordan rektifikatsiyalash kolonnasiga chiqishini 
belgilaydi.
Xomashyoning katalizator bilan kontaktlashuv vaqti
. Zamonaviy yuqori 
faol katalizatorlar uglevodorodlar kreking reaksiyalarini bir-birlari bilan qisqa 
vaqt ta‘sirlashuvida olib borishga imkon beradi. Xomashyoning katalizator bilan 
kontakt vaqti bu – xomashyoning bug‗lanish va uning bug‗larini reaksiya 
haroratigacha qizdirish, katalizator bo‗shliq tuzilmalari yuzasida xomashyo 
uglevodorodlarining adsorbsiyasi, reaksiyaning borishi va hosil bo‗lgan 
mahsulotlarni gazmahsuloti oqimiga chiqarish uchun kerak bo‗ladigan vaqtdir. 
Ushbu ko‗rsatgichga ko‗ra qurilmaning belgilangan unumdorligi uchun 
reaktorning hajmlari hisoblab chiqiladi. Aniq bir katalizator uchun kontakt vaqti 
sinov qurilmasida maxsus tadqiqot natijalariga ko‗ra aniqlanadi. MSSS katalitik 
kreking qurilmasi reaktorida xomashyoning katalizator bilan umumiy kontakt 
vaqti unumdorlik 150-250 t/soat bo‗lganda 6,5-10,5 sekundni tashkil qiladi. 
Shartli ravishda reaktor reaksion hajmini ularda gazmahsulot aralashmasi 
turlicha vaqtda bo‗ladigan uchta reaksion zonaga bo‗lish mumkin. (6.4-rasm). 
Uning reaktor bo‗ylab harakati davomida, oqim tezligining oshishi 
natijasida kontaktlashuv vaqti zonadan zonaga kamayib boradi. Buning sababi 


268 
reaktor 2 – zonasida kesim yuzasining kamayishi va xomashyoga nisbatan 
yengil kreking mahsulotlari hosil bo‗lishi hisobiga reaksiya aralashmasini 
hajmining ortishidir. Bu vaqtda katalizatorning asosiy qismi reaksion 
aralashmadan 1 – zonaning o‗zidayoq ajraladi. Reaktor balandligi bo‗ylab 
kontakt vaqtini qisqartirish kreking mahsulotlarining koks va gazga singib 
ketishining oldini oluvchi muhim omil hisoblanadi.
Reaktorning birinchi (pastgi) reaksion zonasi katalizator bug‗latish 
seksiyasi (stripper) ustida joylashgan va o‗rtacha 80 м
3
hajmga ega. Unda 
reaksion aralashma bo‗lishining maksimal vaqti 4-8 soniyani tashkil etadi. 
Ammo xomashyoni katalizatorning asosiy massasi bilan kontakti 0,8-1,5 
soniyani egallaydi.

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin