263
Katalizator sirkulyatsiyasi reaktorga beriladigan katalizator va xomashyo
massasi sarflari nisbatining ko‗pligi bilan tavsiflanadi. Sanoat sharoitida
katalizator sirkulyatsiyasi massasi ko‗pligi odatda 4-7 ni tashkil qiladi va uning
sarfi kabi maxsus zulfin bilan reaktorda talab qilinadigan haroratga ko‗ra rostlab
turiladi. Reaktorga kelib tushadigan regeneratsiyalangan katalizator harorati
oshirilganida, uning sarfi kamayadi (reaktor barqaror haroratida). Bu ishlatilgan
katalizatorda koks miqdorining oshishiga olib keladi, u esa 1% dan oshmasligi
kerak. Koks miqdori katta bo‗lganida uning katalizator bo‗shliq tuzilmalariga
cho‗kishi sodir bo‗lib uglerodning yonib ketishini qiyinlashtiradi va buning
natijasida regeneratsiya samaradorligi pasayadi, ya‘ni regeneratsiyalangan
katalizatorda qoldiq koks miqdori ortadi. Ishlatilgan katalizatorda koks
miqdorini kamaytirish uchun regeneratorda harorat kamaytiriladi va reaktorga
kelib tushayotgan regeneratsiyalangan katalizator ko‗taruvchisida nordon suv
miqdori oshiriladi. Faollik pasayishining oldini olish uchun regeneratsiyalangan
katalizatorda qoldiq koks miqdori 0,02-0,03% dan oshmasligi kerak. ―Ishlatilgan
(kokslangan) katalizatorda koks miqdori‖ atamasi o‗rniga mutaxassislar
ko‗pincha qiymati quyidagi tenglama orqali hisoblanuvchi ―del‘ta koks‖
tushunchasidan foydalanishadi:
Dostları ilə paylaş: