256
Hozirgi kunda katalitik kreking qurilmasi uchun xomashyo sifatida
ko‗proq neftni haydash yoki qayta ishlash fraksiyalari, ba‘zi hollarda 360°С dan
yuqori haroratda qaynovchi qoldiqlari xam foydalaniladi. Kimyoviy tarkibiga
ko‗ra ular turli (n-alkanlar) va tarmoqlangan (izo-alkanlar) uglevodorod zanjirli
alkanlar aralashmasi, sikloalkanlar, arenlar va turli xil molyar massali giyurid
tuzilishli uglevodorodlar ko‗rinishida bo‗ladi. Xomashyoda yetarlicha katta
miqdorda asosan smola-asfaltenli moddalar tarkibiga kiruvchi geteroatomli
birikmalar mavjud bo‗ladi. Vakuumda haydash jarayonida olinadigan fraksiyalar
keng va tor vakuum fraksiyalariga (distillyatlar yoki haydalgan fraksiya)
ajratiladi. Katalitik krekingda xomashyo sifatida odatda to‗g‗ridan - to‗g‗ri
haydalgan 350 - 500°С, 360 - 570°С
haroratli
keng vakuum fraksiyalari hamda
dastlabki gidroqayta ishlangan (katalizator yoki vodorodli qayta ishlash,
masalan, gidrotozalash yoki yengil gidrokreking jarayonlari) vakuum
fraksiyalaridan foydalaniladi. Jarayonda xomashyo bazasini kengaytirish
zarurati oxirgi yillarda oxirgi qaynash harorati 540-580
о
С bo‗lgan og‗ir neft
xomashyolarini va qoldiqlarini (masalan mazut) uning xomashyo fraksiyalari
sifatida ishlatishga sabab bo‗ldi.
Dostları ilə paylaş: