254
isitilib oxirgi parallel ishlovchi ikkita reaktorning biriga beriladi. Oxirgi
reaktorda qisman gidrokreking sodir bo‗lgani uchun harorat faqat 5-7
0
С ga
pasayadi. Olingan katalizat tindirish kolonnasiga yuboriladi. Qo‗shimcha hosil
bo‗lgan vodorodli gaz odatda gidrochistka qurilmalariga beriladi.
Bu xildagi qurilmalarda yiliga 600 va 1000 tonna xomashyo ishlanadi. АП-64
katalizatorida quyidagi ko‗rsatkichlar bilan ishlanadi:
Bosim -3,3 - 3,8 MPa
Harorat -490 - 500; 500 - 515
0
С
Xomashyodagi aromatik uglevodorodlar -13% mass.
Katalizatdagi - 55-65% mass.
Oktan soni: homashyoniki – 40 - 53 i.m.
Katalizatniki -80 - 85 i.m.
Platina-reniy va ko‗p metalli katalizator ishlatilganda jarayonning bosimi
1,5-2,0 MPa ni tashkil etadi. Aromatik uglevodorodlar va izomerlangan
parafinlarning miqdori ko‗payadi, oktan soni oshadi. Riforming katalizatori
reaktorlarga 1:2;4 nisbatida joylanadi. 1- reaktordagi xomashyoni hajmiy tezligi
Sh - reaktorlardagiga nisbatan to‗rt marotaba ko‗pdir. 1 - reaktorda asosan
naftendan aromatik uglevodorodlar olish, II - va III - reaktorlarda esa
izomerlash-digidrogenlash va degidrotsikllash reaksiyalari sodir bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: