247
Xulosa
Reaksion kameralarning qo‗llanilishi issiqlik quvvati kam bo‗lgan
pechlardan
foydalanish imkonini berib, tutunli gazlar issiqligini utilizatsiya
qilishni osonlashtiradi va bu suv bug‗larini kam miqdorda ishlab chiqarilishiga
olib keladi. Reaksion kamerali visbreking jarayonini intensiv joriy etilishining
sababi bo‗lgan, eng
asosiy afzalliklaridan biri, energiya xarajatlarining
kamligidir. Eng samarali konstruksiya sifatida vertikal silindrik reaksion
kameralar tanilgan. Ko‗rsatilgan kameralarning qo‗lanilishi
xomashyoni
reaksion serpantinda chuqur qayta ishlanishini kamaytirish va uni soker-
kamerada kerakli qiymatga yetkazishga imkon beradi. Visbreking-qoldiq og‗ir
xom-ashyoni bir martalik termik kreking jarayonini yumshoq sharoitda olib
borishdir.
Visbrekingning
namunaviy
xom-ashyosi-mazutlar,
neftlarni
atmosferada yoki vakuumli gudronlarni qayta haydash natijasida olinadi.
Qizdirilmaydigan kamerada sekin kokslash jarayoni yirik bo‗lakli neftli koksni
olish uchun mo‗ljallangan va asosiy maqsadli mahsuloti benzin va gazni yengil
va og‗ir gazoylli tozalash hisoblanadi. Kokslashda
xomashyo sifatida - kam
oltingugurtli atmosfera va vakuumli neft qoldiqlari, slanetsli smola,
bitumli
qumning og‗ir nefti, toshko‗mirli va gil‘sonit xizmat qiladi. Koksning bosh
iste‘molchisi alyuminiy sanoati hisoblanadi, bunda
koks alyuminiy konidan
alyuminiyni eritib olishda tiklovchi sifatida xizmat qiladi. Bundan tashqari
po‗lat eritish pechlarida grafitli elektrodlarni tayyorlashda, karbid (kal‘siy,
kremniy) va oltingugurtlarni olishda koks xomashyo sifatida foydalaniladi.
Neftni qayta ishlash zavodlarida turli jarayonlardan hosil bo‗lgan
qoldiq
fraksiyalar va ba‘zi bir og‗ir fraksiyalarni kokslash jarayoniga berib, bu
fraksiyalardan neft koksi va suyuq mahsulotlar olinadi. Chiqindi sifatida
uglevodorodlardan iborat koks gazi olinadi. Mutaxassislar
kokslash jarayonini
uzluksiz usulda
o‗tish borasida tadqiqotlar olib borib ijobiy natija olganlar.
Uzluksiz usulda
reaktorda issiqlik tashuvchi (теплоносителъ) vazifasini koksni
mayda zarrachalari bajaradi.
Dostları ilə paylaş: