252
kamaytiriladi.
Keyingi vaqtlarda, sanoatda platina - reniy katalizatorlari qo‗llanilmoqda.
Bu katalizatorlarda platina 0,4% mass. va shuncha reniy bor. Reniy platina
kristallarini yiriklashishiga yo‗l qo‗ymaydi. Natijada katalizator uzoq vaqt
muntazam ishlaydi, narxi arzonlashadi. Jarayonning harorati 470-500
0
С va
bosim 1,5-2,0 MPa gacha pasaydi.
Reniydan tashqari germaniy, iridiy, rodiy, kaliy va qo‗rg‗oshin metallari
ham ishlatiladi. Shuning bilan birga uch metalli Jr-Рt -Rе yoki Pt-Re-Ge
katalizatorlari ham bor. Bu katalizatorlar parafinlarni izomerlash va
degidrotsikllash reaksiyalarini kuchaytirishga imkoniyat yaratadi, bosim 1,5-2,0
MPa gacha kamayadi. Katalizatdagi aromatik uglevodorodlarni yarmiga yaqini
parafinlardan olinadi.
Bu katalizatorlarga beriladigan xomashyoning tarkibida oltingugurtning
miqdori 0,0001% mass. dan oshmasligi lozim. Xlorni miqdori esa 0,8-0,9 %
ligicha qolaveradi.
Sobiq Sovetlar Ittifoqida kashf etilgan platina-reniy katalizatorlari shartli
ravishda KR-102, KR-102s, KR-104 deb atalgan. Katalizatorni faolligi va
barqarorligini saqlab turish uchun jarayonning haroratini sutkasiga AP-
katalizatori bilan ishlaganda 2-3
0
С
haroratga KR- katalizatori bilan ishlaganda
1,1-0,6
0
С
haroratga
ko‗tarib boriladi. Bu KR katilazatorini barqarorligini
tasdiqlaydi.
Dostları ilə paylaş: