285
koks hosil bo‗lishiga olib keluvchi reaksiyalar kiradi.
Koks hosil bo‗lishi kondensatsiyalangan og‗ir aromatik uglevodorodlar va
polimerlar paydo bo‗lishiga olib keluvchi murakkab guruhga kiruvchi kimyoviy
reaksiyalar natijasi hisoblanadi. Boshqa mahsulotlarga taqqoslaganda yuqori
C/H
nisbatli
bunday
mahsulotlarning
hosil
bo‗lishi
olifenlarni
degidrotsiklizatsiyalash, disproporsionlash, alkillash, polimerlash reaksiyalari
natijasi bo‗lishi ham mumkin.
Yuqori qaynash chegarasiga ega bo‗lgan xomashyolar tarkibida katta
miqdorda poliaromatik uglevodorodlar bo‗ladi, shu sababli ular kokslanishga
yuqori moyillikka ega bo‗ladi. Yuqori harorat polimerizatsiyaga hissa
qo‗shganligi sababli, reaktorda yuqori haroratning lokal zonalari hosil bo‗lishiga
olib keluvchi yomon taqsimlanishi koks hosil bo‗lishiga sharoit yaratadi.
Katalizatordagi koks cho‗kindisi uning faolligi va ajratuvchanligini sezilarli
kamaytiradi.
Yuqorida sanab o‗tilgan reaksiyalarning eng asosiylari dastlabki uchtasi
bo‗lib ularning mexanizmlarini ko‗rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: