291
aralashish uchun tushiriladi. Regeneratsiya gazlari
regeneratorning ikki
pog‗onali siklonlarini tizimi orqali o‗tib apparatdan yuqoriga chiqariladi.
Kolonnada (13) kreking mahsulotlari gazga, benzin, yengil va og‗ir
gazoylga ajratiladi. Gaz, benzinning bug‗lari va suvning bug‗lari yuqoridan olib
chiqiladi, havoli sovutish apparatida sovutiladi (18) va gaz-suv-ajratgichga (19)
to‗planadi. Benzin nasos (20) bilan qisman sug‗orish sifatida kolonnaning (13)
qismiga beriladi, qolgan qismi esa barqarorlashtirish
blokiga beriladi, gaz esa-
fraksiyalash seksiyasiga beriladi.
Kolonnaning yon pog‗onalari (13)-yengil va og‗ir gazoyl‘ – kolonnadan
bug‗lantirish kolonnasining (14) mos bo‗lgan seksiyalariga olib chiqariladi.
Seksiyaning pastki qismidan bu fraksiyalar nasoslar (17 va 16)
yordamida
olinadi, issiqlik almashtirgich (21) orqali haydaladi, u yerda uning issiqligi
hisobiga
xomashyo qizdiriladi, keyin havoli sovutish apparatlari (18) orqali
qurilmadan rezervuarga chiqariladi. Og‗ir gazoylning bir qismi (16) nasos
yordamida regeneratsiyalangan katalizator bilan retsirkulyat
sifatida aralashish
tuguniga beriladi.
Kolonnaning (13) pastki seksiyasidan sug‗orish sifatida og‗ir gazoyl‘
beriladi, nasos (11) chiqarib olinadi va apparat orqali (8) haydaladi; bunga
sug‗orishni kiritilishi katalizatorning changlarini chiqib ketishini oldini oladi.
Kolonnaning (13) pastki qismidan katalizator changini
kreking mahsulotining
og‗ir suyuqliklarini aralashmasi olinadi va quyqum ajratgichda (15) kirib keladi.
Bu yerdan quyqum nasos (12) yordamida reaktorga (7) qaytariladi, dekantat esa-
aromatli krekingning og‗ir gazoyli – qurilmadan olib ketiladi.