295
vodorod saqlovchi gaz bilan aralashtirishga beriladi. Bu aralashma 16-pechning
alohida bo‗limida qizdiriladi (450
0
С) va 15-gidrotozalash reaktoriga kiritiladi.
Reaktordagi
AlCoMo
(аlyumokobaltmolibdenli)
katalizator
ishtirokida
oltingugurtli birikmalar buzilib, so‗ngra
H
2
S (vodorod sulfid)
holida chiqariladi.
Shu bilan bir vaqtda azotli va kislorodli birikmalardan ham tozalash jarayoni
boradi. Bug‗-gazli aralashma 15-reaktordan chiqib, 10-qaynatgich va 14-
sovutgichda sovutiladi va 35
0
С harorat bilan 8-gaz -ajratgichga kiritiladi. Bu
yerda aralashma suyuq gidrogenizatga va gazga ajratiladi. Gaz 2-absorberning
pastki qismidan monoetanolamin (MEA) yordamida vodorod sulfiddan tozalash
uchun
kiritiladi, so‗ngra 11-kompressor yordamida 4,7-5,0 MPa bosimgacha
siqiladi va gidrotozalash tizimiga yuboriladi. Ortiqcha gaz 1-kompressor
yordamida 5MPa.gacha siqiladi va qurilmadan chiqariladi.
Gidrogenizat 8-gaz ajratgichidan chiqib 9-issiqlik almashtirgichda
sovutiladi va 7-bug‗latuvchi kolonnaga kiritiladi.
Kolonna yuqori qismidan
chiquvchi vodorod sulfid, uglevodorod gazlari va suv bug‗i 6-sovutgichda
sovutiladi va 4-ajratgichga yuboriladi. Ajratgich pastki qismidan 5-nasos orqali
kondensat yig‗ib olinadi va 7-bug‗latuvchi kolonnaga qaytariladi.
Vodorod
sulfid va uglevodorod gazlari MEA bilan tozalash uchun 3-kolonnaga kiritilladi.
Kolonna yuqori qismidan chiquvchi bug‗lar 27-fraksiyalovchi absorberga
yuboriladi. Gidrogenizat 7-bug‗latuvchi kolonna pastki qismidan chiqarilib 10-
qaynatgich va 9-issiqlik almashtirgichdan so‗ng, 13-nasos
orqali riforming
blokiga yuboriladi. Gaz mahsuloti aralashma dastlab 20-issiqlik almashtirgachda
qizdiriladi, keyin 16-pechda 500-520
0
С haroratda qizdirilib 19-reaktorga
kiritiladi. Aralashma 18 va 17-reaktorlardan ketma-ketlikda o‗tib, har bir
reaktordan so‗ng 16-pechda qizdiriladi va nihoyat oxirgi 17-reaktordan
keyin
gaz mahsuloti 20-issiqlik almashtirgich va 21-sovutgichda 30
0
С
haroratgacha
sovutiladi va 22-yuqori bosimli ajratgichda (3,2-3,6 MPa) katalizatdan
sirkulyatsiyalanuvchi vodorod saqlagan gazni ajratish uchun kiritiladi.
Sirkulyatsiyalanuvchi gaz 5 MPa bosim ostida 24-kompressor
yordamida
platforming tizimiga qaytariladi, ortiqchasi esa gidrotozalash tizimiga uzatiladi.