―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

7.2-jadval 
Reaktorning ish rejimi
Harorat, 
0

490-520 
Bosim, MPa 
1,2-1,3 
Xom-ashyoni hajmiy uzatish tezligi, soat -1 
1,5-2,0 
Vodorod saqlagan gazning karraligi, m
3
/m
3
1500-1800 
Reaktorlarda katalizatorning taqsimlanishi 
1:2:4 
Kolonnaning pastki qismidan stabilizat 16-nasos yordamida so‗rib olinib, 17-
pechda qizdirilib kolonna pastki qismidan beriladi. Stabilizatning balansdan 
tashqari qismi qurilmadan chiqariladi. 


299 
7.4
-r
ams. Qo‗
zg
‗aluv
ch
an
 q
at
lamli
 k
at
ali
zat
or
 ish
tioki
d
a b
or
u
vc
h
i rifo
rm
in
g jar
ayon
i. 
1
-
 
re
ge
ne
rast
iya se
ksti
yasi, 2
,4

re
ak
tor, 5
,11,16,21

nasosl
ar, 6,14

iss
iql
ik al
mashti
rgich, 7

pe
ch, 8,1
3

sovutgich,
 
2
-
 
9,12

past
 v
a y
uqori
 bosi
mli se
parat
orlar
, 18

kolonna, 17

pe
ch, 19

ha
vo
li
 sovitgi
ch, 20

gazoseparator.
 


300 
4-reaktorning 
pastki 
qismidan 
katalizator 
1-regenerator 
seksiyasiga 
transportirovka qilinadi. Bu erda katalizator yuza qatlamidagi koks yoqiladi, 
katalizator platina kristallarini yiriklashtirish uchun oksixlorlanadi va promotor 
sifatida xloridlar qo‗shiladi. Regenerastiyalangan katalizator sovitilgandan so‗ng 
2-reaktorning yuqorisidan beriladi. 
Barqaror qatlamli katalizatorning riforming qurilmasining texnologik
sxemasi 7.5-rasmda keltirilgan. Qurilmaning tarkibiga quyidagi bloklar kiradi:
gidrotozalash, sirkulyatsiya gazini tozalash, katalitik riforming, gazlarni ajratish 
va benzinni barqarorlashtirish. 
Xomashyo nasos (12) bilan bosim ostida (4,7 MPa) sirkulyatsiya gazi 
bilan aralashish uchun gidrotozalashga va ortiqcha suv tarkibli gaz riformingga 
beriladi. Bu gaz-xomashyosini aralashmasi pechning alohida seksiyasida (16) 
qizdiriladi (425°Сgacha) va gidrotozalash reaktoriga (15) kirib keladi. 
Reaktorda alyumin-kobal‘t-molebden katalizatorida qatnashuvchi xomashyoda 
oltingugurt birikmalari parchalanadi, keyin esa vodorod oltingugurt ko‗rinishida 
chiqib ketadi. Bir vaqtning o‗zida xom-ashyoni azot va kislorod birikmalaridan 
tozalash sodir bo‗ladi.
Reaktordan (15) bug‗-gaz aralashmasi pastga chiqadi, qaynatgichda (10) 
va sovutgichda (14) sovutiladi va 35
о
Сda gaz-ajratgichga (8) kirib keladi. Bu 
yerda aralashma gidrogenezat suyuqligiga va sirkulyatsiya gaziga ajratiladi. Gaz 
absorberga (2) pastga oltingugurt-vodoroddan monoetanolaminli eritma 
yordamida tozalashga kirib keladi, keyin esa kompressor (11) bilan 4,7-5,0 MPa 
bosimgacha siqiladi va gidrotozalash tizimiga qaytariladi. Sirkulyatsiya gazining 
ortiqchasi kompresor (1) bilan 6 MPa bosimgacha siqiladi va qurilmadan 
chiqariladi. 
Gidrogenezat ajratgichdan (8) issiqlik almashtirgichda (9) sovutiladi va 
bug‗lantirish kolonnasiga (7) kirib keladi. Kolonnaning yuqori qismidan 
vodorod sul‘fid, uglevodorod gazlari va suv bug‗lari chiqariladi, ya‘ni 
kondensatsiyalangandan va apparatda (6) sovutilgandan keyin ajratgichga (4) 
yo‗naltiriladi. Ajratgichning pastki (4) qismidan kondensat nasos (7) yordamida 


301 
olinadi va kolonnaga (7) qaytariladi. Bosh mahsulotlar (vodorod sul‘fid va 
uglevodorod gazlari ) ajratgichdan kolonnaga (3) to‗planadi, u yerda vodorod 
sul‘fiddan MEA eritmasi yordamida tozalanadi. Kolonnaning (3) yuqorisidan 
bug‗lar fraksiyalash absorberiga (27) yo‗naltiriladi. Gidrogenizat kolonnaning 
(7) pastki qismidan chiqariladi va qaynatgichdan (10) keyin issiqlik 
almashtirgichdan (9) nasos (13) bilan blokli platformaga yo‗naltiriladi, u yerda 
sirkulyatsiyalanadigan vodorod tarkibli gaz bilan oldindan aralashtiriladi. Gaz 
mahsulot aralashmasi boshida issiqlik almashtirgichda (20) qizdiriladi, keyin esa 
kerakli pechning seksiyalariga 500-520°С 
haroratda
reaktorda (19) to‗planadi. 
Aralashmaning navbatdagi yo‗li-reaktorlar (18 va 17) va har bir reaktorning 
oldidan zmeyevik pechlarida (16) qizdirishga mahkum qilinadi. Eng oxirida 
reaktordan (17) gaz-mahsulot aralashmasi issiqlik almashtirgichga (20) va 
sovutgichga (21) yo‗naltiriladi, u yerda 30
о
С 
haroratgacha 
sovutiladi va yuqori 
bosimli (3,2-3,6 MPa) ajratgichga (22) katalizatordan sirkulyatsiya gazini 
ajratish uchun to‗planadi.
Sirkulyatsiya gazi 5 MPa bosim ostida komressor (24) bilan plotforming 
tizimiga qaytariladi, uning qoldig‗i esa–gidrotozalash tizimiga beriladi. 
Nobarqaror katalizat ajratgichdan (22) past bosimli ajratgichga (23) (1,9 MPa 
bosimda) kirib keladi. Katalizatdan ajralib chiqadigan gaz ajratgichning yuqori 
qismidan chiqadi va gidrotozalashda fraksiyalovchi absorberga (27) kirishdan 
oldin katalizatning uglevodorod gazlari bilan aralashadi. Shu absorberning 
o‗ziga ajratgichdan suyuqlik fazasi nasos (25) bilan uzatiladi. Absorberda (27) 
1,4 MPa bosimda va pastki qismidagi harorat 165
о
Сda va yuqori qismidagi 
harorat 40°Сda quruq gaz ajratiladi.
Nobarqaror katalizat nasos (26) bilan issiqlik almashtirigich (31) orqali 
haydaladi va kolonnaga (34) beriladi, u yerda barqarorlashishi sodir bo‗ladi. 
Mahsulotning bir qismi apparatlarinin pastki (27 va 34) qismida haroratni ushlab 
turish mos bo‗lgan pech seksiyalari (28) orqali sirkulyatsiya qilinadi. 
Stabillashtirishning 
bosh 
fraksiyasi 
apparatda 
(32) 
sovitilgandan 
va 
kondensatsiyalangandan keyin qabul qilgichga (33) kirib keladi, u yerdan nasos 


302 
(35) bilan qisman sug‗orish uchun kolonnaga qaytariladi, ortiqchasi qurilmadan 
chiqariladi. 

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin