7.4-jadval
Harorat,
o
C
Bosim, MPa
Xomashyoni hajmiy uzatish tezligi, soat-1
Vodorod:xomashyoni mol‘ nisbatlari
0-480
1,4-10,5
1,0-6,0
(2-6):1
304
Maqsadli mahsulotni chiqishi-izomerlashni oktanli soni 88-92 (tadqiqot
metodida) – 93-97% (massasiga nisbatan) tashkil qiladi; jarayonning
qo‗shimcha mahsuloti yoqilg‗i sifatida foydalaniladigan quruq gaz hisoblanadi.
Izomerlash qurilmasi ikkita blokdan tashkil topgan-rektifikatsiya va
izomerlash. Rektifikatsiya blokida izomerlashga yo‗naltirilgan xomashyo
oldindan pentanli va geksanli fraksiyalarga ajratiladi, keyin esa olingan
mahsulotni barqarorlashtirish olib boriladi va undan tovar izopentan va
izogeksan ajratiladi. Izomerlash blokida izomerizatlar olinadi.
7.8-rasmda izomeralash qurilmasining texnologik sxemasi keltirilgan.
Fraksiyani izomerlash qurilmasida fraksiya q.b.h- 62
о
C, izopentan tarkibi 27,5%
(massasiga nisbatan) k-pentan - 44% (masasiga nisbatan) va izogeksan-26,2%
(massasiga nisbatan), alyumin-platinli katalizatorda ftor bilan birga sarflanadi.
Xomashyo (dastlabki aralashma fraksiyasi va retsirkulyatsiya pentanning
izomerlash) hamda absorber (17) bilan to‗yingan absorbent rektifikatsiya
kolonnasiga (8) ajratish uchun kirib keladi. Kolonnadan (8) yuqorida izopentan
fraksiyasi ajratiladi, butan kolonnasiga (5) rektifikatsiyalanishini davom ettirish
uchun mahkum qilinadi, kolonnaning (8) pastki qismidagi mahsulot
rektifikatsiya pentanli kolonnasiga (9) kirib keladi. Bu kolonnadan pastki
qismidagi
mahsulotlarni
ajratish
uchun
izogeksan
kolonnasiga
(10)
yo‗naltiriladi. Kolonnaning (9) yuqorisidan olinadigan pentan fraksiyasining
tarkibida 91% (massasiga nisbatan) yaqin n-pentan vodorod tarkibli gaz bilan
aralashadi, issiqlik almashtirgichda
(6) qizdiriladi va keyin zmeyevikning
quvurli pechlari (12) orqali izomerlash reaktoriga (11) kirib keladi.
Reaksiya mahsulotlari issiqlik almashtirgichda (6), sovutgichda (7 va 3)
sovutiladi va ajratgichga (2) kirib keladi. Sirkulyatsiyalanadigan gaz
ajratgichdan adsorberga (14) yo‗naltiriladi, izomerlagich kolonnada (16)
barqarorlashgandan keyin xomashyo aralashmasida rektifikatsiya kolonnasiga
(8) yo‗naltiriladi.
|