298
birinchi seksiyasiga kelib tushadi. 520
0
С
haroratga
qizdirilgan xom-ashyo-gaz
aralashmasi 2-reaktorning 1-bo‗limiga yuqoridan kiritiladi. Reaktorda jarayon
issiqlik yutilishi bilan borgani uchun reaksiya aralashmani oraliq qizdirish 7-
pechning qolgan seksiyalarida amalga oshiriladi. 4-reaktorning pastki qismidan
chiqqan reaksiya mahsulotlari 6- issiqlik almashtirgich va 8-suvli sovutgichdan
o‗tib, 9-past bosimli gaz-ajratgichga tushadi. Bu yerda bosim 1 MPa 9-gaz-
ajratgich yuqorisidan vodorod saqlagan gaz 15- kompressor yordamida 1,5 MPa
bosimda so‗rib olinadi va 11-nasos yordamida so‗rib olinib, haydalanayogan
suyuq fazaga aralashtiriladi, aralashma 13-suvli sovutgichda sovutilib, 12-yuqori
bosimli gaz-ajratgichda ajratiladi. Reaksiya zona past bosimda bo‗lgani uchun,
bunday ketma-ketlikda ajratish, vodorod saqlagan gaz tarkibida benzinning
chiqib ketishini va gaz tarkibidagi vodorodning ortishini ta‘minlaydi. 10-
kompressor yordamida vodorod saqlagan gaz xom-ashyoga qo‗shishga beriladi.
Balansdan tashqari qismi esa qurilmadan chiqariladi. 18-kolonnada katalizatning
barqarorlashtirilishi boradi. Barqarorlashtirishning boshlang‗ich fraksiyasi 19-
havoli sovutgichda sovutilib 20-gaz-ajratgichga tushadi va bu yerda quruq
gazlardan ajratiladi. Uning bir qismi 18-kolonnaga 21-nasos yordamida sovuq
sug‗orish maqsadida beriladi. Balansdan tashqari qismi qurilmadan chiqariladi.
18-kolonnaning pastki qismidan haroratni ushlab turish uchun 17-pech xizmat
qiladi.
Dostları ilə paylaş: