―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik


-rasm. Katalitik kreking 1-A/1-M qurilmasining texnologik sxemasi



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

7.1-rasm. Katalitik kreking 1-A/1-M qurilmasining texnologik sxemasi:
1-regenerator; 2,4-regeneratsiyalangan katalizatorni transport chizig‗i; 3-kokslangan 
katalizatorning transport chizig‗i; ,6-lift-reaktor; 7-reaktor-ajratgich; 8,21-issiqlik 
almashtirgich; 9-quvurli pech; 10-12,16,17,20,22-rektifikatsiya kolonnasi; 14-bug‗lantirish 
kolonnasi; 15-quyqum tutqich; 18-havoli sovutish apparatlari; 19-gaz-suv-ajratgich. 
7.1-jadval 
Qurilmaning ish rejimi: 
Реактор 
Harorat, °C
Bosim, MPa 
Xom-ashyoni massali uzatish tezligi, soat-1 
Katalizator sirkulyatsiyasini yaxlitligi 
450-510 
0,15-0,20 
1,2-3,0 
2-10 
Regenerator 
Harorat, °C 
Bosim, MPa 
620-630 
0,2-0,3 
Kolonnaga (13) sirkulyatsiya oraliqli sug‗orish beriladi, kolonnaning o‗rta 
qismidan olinadi, nasos (10) yordamida haydaladi, issiqlik almashtirgich orqali 
yuqorida joylashgan likopchaga qaytariladi.
7.3. Katalitik riforming i izomerlash 
Katalitik riforming - benzinning sifatini yaxshilash jarayonlaridan biri 
hisoblanadi hamda eng qimmat monomerlarni olish mumkin va zamonaviy 
neftni qayta ishlashda keng tarqalgan. Hozirgi vaqtda asosan katalitik riforming 


293 
qurilmasida platinali katalizatorda ishlaydi hamda platforming deyiladi.
Jarayonning olib borilishi - yuqori oktanli avtomobil benzinlarining 
bazasini ishlab chiqarish hamda individual aromatik uglevodorodlarni olish 
hisoblanadi: benzol, toluol, ksilol. Jarayonni olib borish natijasida yoqilg‗ilarni 
gidrotozalash jarayonlarida keng foydalaniladigan vodorod tarkibli gaz (texnik 
vodorod), yog‗li va boshqa fraksiyalarni hamda gidrokreking qurilmalarida 
yoqilg‗ilarni olish.
Katalitik krekingning xomashyosi uchun to‗g‗ri haydaladigan benzinlarni 
fraksiyalari hisoblanadi: yuqori oktanli fraksiyani olish uchun keng fraksiya 85-
180°С, fraksiyani 62-65, 85-115 va 115-150°Сda benzol, toluol va ksilollar 
olinadi. Ba‘zida to‗g‗ri quviladigan benzin fraksiyasiga past oktanli benzinlarni 
kokslanishi, termik kreking qo‗shiladi. Xomashyoning tarkibidagi oltingugurt 
katalizatorni buzadi (dezaktivatsiyalaydi), shuning uchun platformingda 
xomashyoni gidrotozalash qatnashadi. Katalizatorning dezaktivatsiyasini 
minimal darajasi xomashyodan foydalanilganda oltingugurtning tarkibi 0,01% 
(massasiga nisbatan) ni tashkil qiladi.
Katalitik riformingda neftli fraksiyalarning uglevodorodlari boshqa 
tarkibga o‗tishiga duchor bo‗ladi, natijada aromatik uglevodorodlar hosil 
bo‗ladi. Bu-olti a‘zoli naftenli uglevodorodlarni degdratatsiyalanishi, besh a‘zoli 
alkillashtirilgan naftenlarni degidroizomerlanishi va parafinli uglevodorodlarni 
degidrotsiklonlanishi; birgalikda parchalanish reaksiyasi bo‗lib o‗tadi va 
aromatik 
uglevodorodlarni 
dealkillanishi 
hamda 
ularni 
zichlanishi 
katalizatorning yuzasida koksni yotqizig‗ini bo‗lishiga olib keladi. Katalizatorni 
kokslanishini va reaktorda chegarasiz uglevodorodlarni gidratlanishini oldini 
olishda yuqori oktanli benzinni olish uchun vodorodning bosimi 3-4 MPa da va 
individual aromatik uyevorodlarni olishda 2 MPa da bosim ushlab turiladi.
Asosiy reaksiyalarning hammasi manfiy issiqlik effektida olib (isiqlikni 
yutilishi) boriladi, bunda jarayonning umumiy issiqlik samarasi uglevorodlarni 
chuqur aylanishi bilan aniqlanadi. Jarayonni olib borishda harorat (480-520°С) 
pasayadi, xomashyoni aylanishini davom etmaydi. Shuning uchun xomashyoni 


294 
to‗liq aylanishida aylanmagan xomashyo aralashmasini oraliqli qizdirish, 
mahsulotlarni reaksiyasi va bir nechta ketma-ket reaktorlardan (amalda uchta) 
foydalaniladi. 
Yuqori oktanli benzin komponentini chiqishi 80-88% ni (massasiga 
nisbatan) tashkil qiladi, uning oktan soni 80-85 (motorli metodda) qarshi holatda 
30-40 xomashyo uchun. 
Riforming jarayonining asosiy sanoat katalizatori alyumin platinli 
katalizator hisoblanadi (0,3-0,8% massasiga nisbatan, platinali alyuminiy 
oksidi); oxirgi yillarda platina bilan reniy asosiga kiritiladi. Faol bimetall platin-
reniyli katalizatorni qo‗llanilishi reaktorda bosimni 3 - 4 dan 0,70-1,4 MPa 
gacha kamaytirishni imkoniyatini beradi. Katalizator silindrsimon diametri 2,6 
mm. va balandligi 4 mm bo‗ladi. 
Hozirgi vaqtda barqaror katalizator qatlamidagi (noregenerativ usul) 
platforminglar keng tarqalgan; regeneratsiyalar oralig‗idagi katalizatorlar 
ishining davom etishi 360 kunga yetadi. So‗nggi yillarda harakatlanadigan 
katalizatorning to‗xtovsiz regeneratsiyasi plotforming jarayoniga keskin etibor 
berilmoqda. Bunday jarayonda uchta reaktor bir-birining ustiga joylashtirilgan 
bo‗ladi, xuddi bir konstruksiya ko‗rinishida bajariladi. Katalizator birinchidan 
(yuqoridan) reaktordan ikkinchi, keyin uchinchi reaktorga oqadi. Eng so‗nggi 
reaktordan katalizatordan maxsus regeneratorga va keyin regeneratsiya uchun 
yangidan birinchi reaktorga kirib keladi. Shunday qilib to‗xtovsiz jarayon 
amalga oshiriladi. Bunda barqaror katalizatorlar tizimlariga nisbatan 
katalizatorning yuqori o‗rtacha faollik sathi saqlanadi. 

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin