286
Xulosa
Riforming
jarayonini
asosiy
reaksiyalaridan
biri
naften
uglevodorodlaridan
aromatik uglevodorodlar
hosil bo‗lishidir. Aromatik
uglevodorodlarining hosil bo‗lishini asosiy reaksiyalaridan ikkinchisi,
parafinlarning degidrotsiklonlanish reaksiyasidir. Oktan soni past bo‗lgan
benzinlarni tarkibidagi parafin uglevodorodlarini xrom oksidi va boshqa
katalizatorlar ishtirokida aromatik uglevodorodlarga o‗tishini V.I.Karjev taklif
etgan. Benzinni oktan sonini oshishi aromatik uglevodorodlarni miqdorini
ko‗payishiga bog‗liq. Aromatik uglevodorodlar hosil bo‗lishi reaksiyasi issiqlik
yutilishi bilan sodir bo‗ladi. Shuning uchun riforming jarayoni bir necha ketma-
ket ishlovchi reaktorlarda olib boriladi. Har qaysi bosqichdan reaktordan so‗ng
xomashyo trubali pechlarda isitiladi. Hozirgi kunda katalitik kreking
qurilmasining bir - biridan asosan reaktor konstruksiyasi va regeneratori va
ularning o‗zaro joylashuviga ko‗ra farq qiluvchi yetarlicha ko‗p ko‗rinishlari
mavjud. Ularning mutloq ko‗pchiligini suyultirilgan qatlamga ega katalizatorli
(FCC jarayoni) va lift-reaktorli qurilmalar tashkil etadi. Ularni birgina muhim
belgi birlashtiradi – xomashyoni katalizator bilan nisbatan qisqa vaqtli kontakti
reaksiyasi. Katalitik kreking jarayoni omillari deb olinadigan mahsulotlarning
chiqishi va sifatini, ishlab chiqarishning iqtisodiy ko‗rsatgichlari va uning
ekologik tavsifsini ko‗rsatuvchi texnologik rejim parametrlariga aytiladi.
Katalitik kreking jarayoni omillarining kerakli qiymatlarida xomashyoni qayta
ishlashning belgilangan aniqligiga erishiladi. Texnik adabiyotlarda qayta ishlash
aniqligi yoki kreking aniqligi tushunchalari ko‗pincha konversiya atamasi bilan
almashtiriladi. Qayta ishlash aniqligi yoki konversiya deganda odatda foizlarda
ifodalangan gaz, benzin yoki koksning umumiy chiqishi tushuniladi. Katalizator
sirkulyatsiyasi reaktorga beriladigan katalizator va xomashyo massasi sarflari
nisbatining ko‗pligi bilan tavsiflanadi. Haqiqiy xomashyo katalizator
namunalaridagi laboratoriya sinovlari natijalariga ko‗ra ularda koks chiqishini
baholash va katalizator sirkulyatsiyasining maqsadga muvofiq darajasi va uning
faollik darajasi haqida kerakli xulosalarni chiqarish mumkin.
|